Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Serji Roberto «Barselona»da qolish uchun maoshining ikki yarim baravar kamaytirilishga rozi bo‘ldi

Serji Roberto «Barselona»da qolish uchun maoshining ikki yarim baravar kamaytirilishga rozi bo‘ldi

Baho:
+ | -

Himoyachi Serji Roberto «Barselona»da qoladigan bo‘ldi. Klub bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan 30 yoshli futbolchi "Barsa" bilan bir yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

"Ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportanin tig‘iz taqvimi tufayli shartnomani rasmiylashtirish ortga surilib kelayotgandi. Roberto «Kamp Nou»da qolish uchun maoshining keskin kamaytirilishiga rozi bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchining yillik maoshi 12 million yevro edi (soliqlar chiqarib tashlanmasidan avval), shuningdek yaxshigina mukofot pullari ko‘zda tutilgandi. Yangi shartnomada Roberto yiliga 5 million yevro ishlab topadi. Albatta, bu summadan soliqlar chiqarib tashlanadi. Shuningdek, bonuslar miqdori ham kamaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Roberto va «Barselona» ancha vaqtgacha yangi shartnoma borasida bir to‘xtamga kela olishmadi. Klub uning talabini qanoatlantirishga tayyor emasdi. Muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgandi, ammo futbolchining agentlari klub rahbariyati bilan muzokaralarni davom ettirishdi. Yakunda tomonlar til topisha olishdi.

Serji «Barselona»da qolish uchun boshqa jamoalardan tushgan takliflarga rad javobini berdi. Roberto yakunlangan mavsumda klub safida 12ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 18:51, 09.06.2022.
O'qildi: 1599 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик