Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Liverpul»ning Klopp davridagi eng qimmat xaridlari (top-10)

«Liverpul»ning Klopp davridagi eng qimmat xaridlari (top-10)

Baho:
+ | -

2015 yilning oktabr oyida «Liverpul» klubi yangi murabbiy sifatida Yurgen Kloppni tayinlaydi. Nemis mutaxassisi dastlab 3 yillik bitimga imzo chekadi. U Brenden Rojersni kursisini egallagan edi. Yurgen Klopp «Enfild»da katta loyiha boshlashi va sovrinlar yutish niyatida ekanini bildiradi. Shu maqsadda jamoani qayta qura boshlaydi. Klopp jamoani ko‘tarish uchun yangi nomlar kerakligini bilardi. Shuning uchun rahbariyatni o‘z nishonlarini zabt etishga undadi. «Liverpul» pul sarflash kerak bo‘lgan paytda, uni sarfladi, ayamadi. Ammo sarflash borasida o‘ta aqlli yo‘l tutdi. Quyida Kloppning bir nechta tranfserlari sanab o‘tiladi.

Sadio Mane

Narxi: 34 million funt
Vaqti: 2016 yil, 28 iyun

Senegallik futbolchi «Sautgempton»dan xarid qilinadi. Aynan Manening kelishidan klub tarixida yangi era boshlanadi. Uning ilk bor tuzgan bitimi 5 yilga mo‘ljallangandi. 2018-19 yilgi mavsum Manega omadli kelib, APLda eng yaxshi to‘purarga aylanadi.

Aleks Oksleyd-CHemberlen

Narxi: 35 million funt
Vaqti: 2017 yil, 31 avgust

«Arsenal» o‘z futbolchisiga javob beradi. Aleks esa «Liverpul»ga yo‘l oladi. Yarim himoyachi dastlab o‘ta barqaror edi. Biroq, YECHL bahslarining so‘nggi davrida jiddiy jarohat oladi. Tizzasi sababli oylab maydonga tushmagan Chemberlenni zaxiraga mixlab qo‘yishadi. Hatto hozir ham u zaxirada o‘tiribdi.


Ibraima Konate

Narxi: 36 million funt
Vaqti: 2021 yil, 28 may

Kloppning so‘nggi paytdagi qilgan yana bir aqlli ishlaridan biri Konate xaridi edi. Yakuniga yetgan mavsumda yosh himoyachi ajoyib harakat qildi. Uning YECHLdagi o‘yinlari fantastik darajada edi. Konatening havodagi ustunligi, raqiblarga doimo muammo tug‘diradi. Klopp esa buni avvaldan bilardi.

Muhammad Saloh

Narxi: 36,5 million funt
Vaqti: 2017 yil, 22 iyun

Muhammad Saloh uchun katta pul sarflanmagan. Ammo uning jamoada qilgan ishlari o‘ta kattadir. 150 dan ortiq gol, 3 ta APL «Oltin butsa»si, Angliya va YECHL chempionligi «Liverpul»ning 36 million funtni nima uchun sarflaganini ko‘rsatib beradi. Saloh «Roma»dan sotib olingan edi va 5 yildan beri top-hujumchiga aylana oldi.

Luis Dias

Narxi: 37,5 million funt
Vaqti: 2022 yil, 30 yanvar

Klopp o‘z jamoasi hujumini isloh qilishni o‘ylay boshladi. Shu maqsadda yanvar oyida «Portu»dan Luis Diasni sotib oldi. Kolumbiya terma jamoasi a’zosi «Liverpul»ni tanlab adashmagan edi. 25 yoshli hujumchi Angliya havosiga va futboliga tez moslashdi. Uni nomini eshitgan raqiblar halidan qo‘rquvga tusha boshladi.

Fabinyo

Narxi: 39 million funt
Vaqti: 2018 yil, 1 iyul

Yurgen Klopp jamoasining yarim himoyasidagi eng katta tayanch bo‘lgan Fabinyo, dastlab mersisayd jamoasida qiynalgandi. Braziliya terma jamoasi a’zosi «Monako»dan 39 million funt evaziga olib kelinadi. Fabinyo «Liverpul»da jahon darajasiga ega o‘yinchiga aylandi.

Diyego Jota

Narxi: 41 million funt
Vaqti: 2020 yil, 19 sentyabr

«Liverpul»ning old chizig‘iga kerakli futbolchi sifatida Jota xarid qilinadi. 2020 yilda 41 million evaziga «Vulverxempton»dan sotib olingan hujumchi, Kloppni uyaltirmadi. Jota o‘zining ko‘p funksiyaliligi bilan ajralib turadi. Aynan mana shu qobiliyati sababli ham Jota asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.

Nabi Keyta

Narxi: 52,75 million funt
Vaqti: 2017 yil, 28 avgust

«Liverpul»ning asosiy futbolchisi sifatida Keytani ham aytish mumkin. Ha, u ko‘p hollarda zaxiradan tushirilar, ammo uning maydondagi vazifasi aniqdir. Keyta vazifalarini yaxshi biladi va yaxshi uddalaydi. Nabi Jota kabi maydon markazida ko‘p vazifalarni uddalay oladi. Qolaversa, qanot himoyachisi bo‘lish ham, Keytaga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Alisson Beker

Narxi: 66,8 million funt
Vaqti: 2017 yil, 31 dekabr

Istalgan jamoaning muvaffaqiyatida, darvozabon faktori o‘ta muhim sanaladi. Shu maqsadda «Liverpul» Yangi yil bayrami kuni «Roma»ga 66 milliondan ortiq pul o‘tkazib beradi. Braziliyalik kiper Yurgen Klopp jamoasi uchun suv va havodek zarurdir.

Virjil van Deyk

Narxi: 75 million funt
Vaqti: 2017 yil, 31 dekabr

Futboldagi katta natijalar maydondagi futbolchilarga bog‘liq. Lekin ishonchli himoyachisiz, muvaffaqiyatga erishish, amri mahol. Niderlandiyalik futbolchi 2018 yil kirib kelishidan sal oldin «Liverpul»ga keladi. Olti oydan keyin esa, «Real»ga qarshi YECHL finalida ishtirok etadi. Van Deyk markaziy himoyada Klopp muhtoj va istagan futbolchi edi. Hozir ham usiz «Liverpul» o‘yinlarining barqarorligi yo‘qolgan bo‘lardi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 22:00, 13.06.2022.
O'qildi: 3612 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.