Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kapadze: «Finalda g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz»

Kapadze: «Finalda g‘alaba qozonib, xalqimizni xursand qilishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bolplar bugun Yaponiyaga hech qanday imkoniyat qoldirmay g‘alaba qozonishdi. Ularga katta rahmat. Muxlislar bilan o‘ynaganimiizda yanada yaxshiroq bo‘lar edi. Maqsadimiz yuqori. O‘z uyimizda g‘aalaba qozonishimiz shart edi.

Bunday o‘yinlarda 1-2 vaziyat xal qiladi. Birinchi bo‘limda bizda 1 ta vaziyat bo‘lgan bo‘lsa, Yaponiyada deyarli imkon bo‘lmadi. Bizda vaziyatlar bo‘lishini bilar edik, shulardan foydalangan holda g‘alaba qozondik.

— Siz bugungi o‘yinni "Paxtakor" stadionida o‘ynashni xohlaganingiz rostmi?
— Albatta, nafaqat final, balki yarim finalni ham "Paxtakor"da o‘tkazilishini istardik. "Bunyodkor"da maydonning holati ham, havoning dimligi ham bolalarga ancha qiyinchilik tug‘dirgan. Agar "Paxtakor" stadionida o‘ynaganimizda bu kabi kamchiliklar bo‘lmas edi deb o‘ylayman. Afsuski, OFK talablari qat’iy. Menimcha, final ham "Bunyodkor" stadionida bo‘ladi. Ayniqsa, "Paxtakor"dagi o‘tgan safargi tartibsizliklardan so‘ng.

Finalda ekanligimizdan xursandmiz. Saudiyaning ham, o‘zimizning ham kuchimizni bilamiz. Nasib bo‘lsa, bahsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ushbu turnirda g‘alaba qozonamiz. Yoshlarimiz bu turnirda g‘alaba qozongan, umid qilamiz bu yoshlarimiz ham buni uddalaydi.

— Finalda saudiyalik futbolchilarning provakasiya qilishi mumkinligiga qanday qaraysiz?
— Bolalarga Iroqqa qarshi o‘yindan so‘ng yaxshi tushuntirdim. Turli provakasiyalarga uchmaslik kerakligini. Saudiya bilan bir necha musobaqalarda to‘qnash keldik. Umid qilamiz g‘alaba qozonamiz.

— Muxlislarsiz o‘yinning foydali tomoni bo‘ldimi?
— Birinchi navbatda turnir avvalidan futbolchilarga tushuntirishga harakat qildim. Stadionga kelayotgan futbolchilar bizga emas, raqibga bosim qilishadi. Umid qilamanki, ular buni tushunishdi. Bugungi o‘ynda muxlislarni yo‘qligini yagona foyda tarafi — futbolchilar meni yaxshi eshitishdi va ko‘rsatmalarga amal qilishdi (kuladi).

— Doston Tursunov majubriy almashtirildimi?
— Menimcha unda hammasi yaxshi, yana tekshiruv o‘tkazamiz. Uning oyoq tomiri tortishib qolgan bo‘lishi mumkin. Albatta hamma futbolchilarni tiklash jarayoni bugundan, xozirdan boshlandi. Oldimizda muhim o‘yin bor. Barcha futbolchilar sog‘ holatda ushbu bahsga yetib boradi, degan umiddamiz.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:53, 15.06.2022.
O'qildi: 5312 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.