Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. «Dinamo» - «Surxon»: «6 ochkolik o‘yin» oldidan

Superliga. «Dinamo» - «Surxon»: «6 ochkolik o‘yin» oldidan

Baho:
+ | -

Superliga 12-turining markaziy va shiddatli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. Turnir jadvalining quyi pog‘onalarida borayotgan «Dinamo» va «Surxon» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Samarqand «Surxon» uchun ham joriy mavsum uy maydoniga aylangandi.

Kim qanday holatda?
Ushbu bahsdagi g‘alaba Andrey Shipilov va Anxel Lopes murabbiyligidagi jamoalar uchun juda muhim. «Dinamo» oxirgi o‘yinlarida ketma-ket so‘nggi daqiqalarda ochkolarni boy berib 6 ochko bilan 14-o‘rinda bo‘lsa, «Surxon» «Bunyodkor»ni mag‘lub etib, oradagi farqni 3 ochkoga yetkazdi va 9 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi.

«Dinamo»ning so‘nggi 5 o‘yini:
6-tur. Dinamo – Neftchi – 1:1
7-tur. Olimpik – Dinamo – 1:1
8-tur. Dinamo – Navbahor – 0:1
9-tur. Metallurg – Dinamo – 2:1
10-tur. Dinamo – AGMK – 1:2

«Surxon»ning so‘nggi 5 o‘yini:
7-tur. Surxon – Qo‘qon-1912 – 1:0
8-tur. Paxtakor – Surxon – 2:2
9-tur. Surxon – So‘g‘diyona – 2:4
10-tur. Qizilqum – Surxon – 2:0
11-tur. Surxon – Bunyodkor – 1:0

Eski tanishlar
«Dinamo» tarkibidan Ibrohim Yo‘ldoshev o‘tgan mavsum «Surxon» sharafini himoya qilgan bo‘lsa, «Surxon» tarkibida darvozabon Shohrux Eshbo‘tayev, Sharofiddin Shobirov, Jahongir Ahmadov singari o‘yinchilar o‘tgan yillar davomida Samarqand klubi safida to‘p surgan.

Tarkibda yo‘qotishlar bormi?
Ushbu uchrashuvda sariq kartchokalari soni 4taga yetgani sababli yarimhimoyachi Muzaffar Muzaffarov «Dinamo»ga yordam bera olmaydi. «Surxon» tarkibida ham diskvalifikasiya qilingan o‘yinchi bor – Iqbol Malikjonov qizil kartochkasi uchun 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingan.

O‘zaro o‘yinlari tarixi: Ustunlik «Dinamo»da
Samarqand va Termiz klublari Oliy liga va Superliga tarixida 1992 yildan buyon jami 22 o‘yinda o‘zaro maydonga tushgan. Raqiblarning uzoq vaqt o‘zaro o‘ynamagani sababi 2005-2017 yillar davomida «Surxon» klubining yuqori divizionda to‘p surmagani sabab bo‘lgan. Jami 22 o‘yindan 9 bahsda «Dinamo»ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda «Surxon» ustun kelgan. 5 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 26:29.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:53, 18.06.2022.
O'qildi: 1562 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.