Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

U23 Osiyo kubogi. Final oldidan statistika va faktlar

U23 Osiyo kubogi. Final oldidan statistika va faktlar

Baho:
+ | -

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida eng so‘nggi o‘yin qoldi. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoalari chempionlik uchun "Bunyodkor" stadionida to‘qnash kelishadi.

Ikki karra yoki ilk marta chempionlik
Ushbu yosh toifasidagi qit’a chempionatida beshinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston va Saudiya jamoalari musobaqaning finalida ishtirok etishgan. O‘zbekistonliklar 2018 yilgi musobaqada finalgacha yetib borib, Vyetnamni mag‘lub etgan holda chempionlikni qo‘lga kiritishgan. Saudiyaliklar esa 2013 va 2020 yillarda finalda ishtirok etib, har ikkisida mag‘lub bo‘lishgan. "Yashil burgutlar" ularda Iroq va Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berishgan. Demak, ertaga O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, ushbu yosh toifasida qit’a chempionligini 2 marta qo‘lga kiritgan birinchi terma jamoaga aylanadi. S.Arabistoni g‘olib chiqsa, o‘z tarixida ilk marta chempionlikni nishonlaydi.

Eng ko‘p gol urgan jamoalar
Finalgacha yetib kelgan jamoalar musobaqada eng ko‘p gol urayotgan termalar hisoblanishadi. O‘zbekiston finalga qadar 5ta o‘yinda 12ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, Saudiya raqiblari darvozasiga 11ta to‘p kiritdi. Vakillarimiz o‘z darvozalaridan 3ta to‘p olib chiqishgan bo‘lsa, raqiblarimizning darvozasi ushbu musobaqada hamon dahlsiz bo‘lib turibdi.

«Oltin butsa» uchun kurash
Shu paytgacha 5 nafar futbolchi musobaqa davomida 3tadan gol muallifiga aylanishdi. Ular orasida Ayman Yahyo (S.Arabistoni) va Jasurbek Jaloliddinovda natijani yaxshilagan holda turnirning eng yaxshi to‘purariga beriladigan "Oltin butsa" sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyati mavjud.

Avvalgi musobaqalarda «Oltin butsa» sovrini quyidagi futbolchilarga nasib etgan:

2013 — Kaveh Rizoiy (Eron) — 5 gol
2016 — Ahmad Alaa (Qatar) — 6 gol
2018 — Almoyez Ali (Qatar) — 6 gol
2020 — Jaroyensak Vonggorn (Tailand) — 3 gol

Zarbalar
Temur Kapadze jamoasi ushbu musobaqada raqiblari darvozasi tomon jami 90 marta zarba berdi. Saudiya esa bu ishni 78 marta amalga oshirgan. Bu borada Jasur Jaloliddinov (15) va Husayn Norchayev (12) boshqalardan ilgarilab ketishgan.

Muhim o‘yinchilar
Saudiya Arabistoni terma jamoasi yarim himoyachisi Firas al-Brikan pley-off bosqichida bitta gol urib, 2ta golga uzatma berdi. Jasur Jaloliddinov esa chorak final va yarim final bahslaridan bitta gol urib, jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:06, 19.06.2022.
O'qildi: 4876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.