Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Superliga. «Navbahor» – «Metallurg». Prevyu

Superliga. «Navbahor» – «Metallurg». Prevyu

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliganing 12-turida “Metallurg” Namanganda "Navbahor" jamoasi mehmoni bo‘ladi. Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida 50 marta to‘qnash kelishgan. Bugungacha ortda qolgan o‘yinlarning 13 tasida bekobodliklar g‘alaba qozonishgan, yana 15 ta o‘yinda kuchlar teng kelgan. 22 ta o‘yin esa namanganliklarning g‘alabasi bilan intiho topgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatidagi farq raqiblarimiz foydasiga – 51:72.

Mazkur klublarning Namanganda o‘tkazilgan bahslarida to‘liq ustunlik vodiyliklar tomonida. Ortda qolgan 25 uchrashuvning faqat bittasida bekobodliklar zafar quchishgan. 6 ta o‘yinda esa tomonlar murosaga kelishgan. 18 o‘yinda esa “Navbahor” g‘alaba nashidasini surgan.

Jamoalarning Namanganda o‘tkazilgan so‘nggi oltita uchrashuvi:

2021  “Navbahor” – “Metallurg” – 1:0
2020  “Navbahor” – “Metallurg” – 1:1
2019  “Navbahor” – “Metallurg” – 0:0
2018  “Navbahor” – “Metallurg” – 3:0
2017  “Navbahor” – “Metallurg” – 2:1
2016  “Navbahor” – “Metallurg” – 0:1

“Navbahor” haqida
“Navbahor” mamlakatimizning eng nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida namanganliklar bir marta O‘zbekiston chempioni (1996) bo‘lishdi. Uch marta O‘zbekiston kubogini boshlari uzra baland ko‘tarishgan bo‘lishsa (1992, 1995, 1998), bir marta superkubok sohiblari ham bo‘lishgan (1999). Shuningdek, “Navbahor” chempionatlarimizda 8 marta bronza medali bilan taqdirlangan va bu borada faqatgina Qarshining “Nasaf” jamoasidan ortda qolayapti, xolos.

Namangan shahrida futbol klubiga 1974 yilda asos solingan bo‘lib, u turli yillarda “Tekstilshik” (1974-80), “Avtomobilist” (1984-87) nomlari bilan yuritilgan. 1981-83 hamda 1988 yildan to hozirgi kungacha “Navbahor” nomi bilan o‘ynab kelayapti.

Jamoaning O‘zbekiston chempionatlaridagi to‘purari Shuhrat Mirxoldirshoyev hisoblanadi. U namanganliklar tarkibida o‘tkazgan 144 o‘yinida raqiblari darvozasiga 127 ta gol kiritgan. U faoliyati davomida jami 222 ta gol kiritib. Gennadiy Krasniskiy klubi a’zosi bo‘lgan.

 “Navbahor” bugungacha O‘zbekiston chempionatlarida 891 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 411 tasida g‘alaba qozongan. 187 o‘yinda durang qayd etib, 293 uchrashuvda yutqazgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollari nisbati 1439:1049. Chempionatdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (2006 yil, “Xorazm”). Yana bitta e’tiborga molik uchrashuv, bu sermahsul o‘yini – 10:3 (1996, “Kosonsoy”). Eng yirik mag‘lubiyati – 0:7 (2009, “Paxtakor”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:12, 20.06.2022.
O'qildi: 1444 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.