Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Farhod Sohibjonov: "Birinchi maoshimga onamga tilla sovg‘a qilganman, keyin dadamga mashina sovg‘a qildim"

Farhod Sohibjonov: "Birinchi maoshimga onamga tilla sovg‘a qilganman, keyin dadamga mashina sovg‘a qildim"

Baho:
+ | -

Andijonlik iqtidor egasi – Farhod Sohibjonov allaqachon ko‘pchilikning e’tiborini qozonib ulgurgan.

Bu yil 21 yoshni qarshilaydigan ushbu futbolchi bir necha mavsumdan buyon “Andijon” safida to‘p surib tajribasini oshirib kelmoqda va muxlislarning suyukli o‘yinchilaridan biriga aylangan.

Mazkur futbolchi bilan suhbatlashishda ishqibozlarning ham xohish va istagi yuqori bo‘ldi. Chunki ular ham Farhod uchun bir qator savollarini yubordilar.

-  Pro ligada shu kungacha o‘tkazilgan o‘yinlar borasida nima degan bo‘lardingiz? Bu masalada “Andijon”ning ishtirokini qanday baholaysiz?

-  Kurashlarga boy chempionat bo‘lyapti. To‘g‘risi, mavsum boshidagi o‘yinlarga kirishib ketishimiz biroz qiyin kechdi. Keyinchalik jamoamiz bilan birlashib yaxshi natijalar ko‘rsatishni boshladik.

-  Ayting-chi, “Andijon” jamoasining natijalari ko‘rsatayotgan o‘yiniga to‘la mos deb hisoblaysizmi?

-  Bundan ham yaxshi natija ko‘rsatishimiz mumkin edi. Birinchi o‘ringa mos jamoamiz, deb o‘ylayman. Mavsumning ikkinchi qismida o‘yinimizni yanada kuchaytirib, chempionatni Xudo xohlasa, 1-o‘rinda tugatamiz.

-  Siz uchun hozirgacha eng esda qolarli uchrashuv qaysi bo‘ldi?

-  “Turon” bilan o‘yinimiz esda qolarli bo‘ldi. O‘sha bellashuvda biz bir kishi kam bo‘lib, mehmonda yutib ketgandik. O‘yin juda boshqacha hissiyotlarga boy bo‘lgandi.

-  Bevosita ishtirokingizga to‘xtaladigan bo‘lsak, gollaringiz biroz kamroq bo‘ldi. O‘yiningizdan necha foizga qoniqyapsiz?

-  To‘g‘ri, gollarim hozircha kamroq. Albatta, 100 foiz zo‘r o‘yin ko‘rsatyapman deb ayta olmayman. O‘z ustimda ishlashda davom etaman.

-  Pro ligada to‘purar bo‘lish rejangizda yo‘qmi?

-  Albatta, to‘purarlikka erishish niyatim bor. Buning uchun qo‘limdan kelganicha harakat qilaman. Ammo men birinchi navbatda jamoam manfaati uchun o‘ynayman.

-  Mavsumning keyingi qismidagi kurash yanada keskin va jiddiy tus olishi aniq. Buning uchun yozgi tayyorgarlik juda muhim. Oldinda turgan uchrashuvlardan nima kutyapsiz?

-  Ha, yig‘inimizni 5 iyuldan boshlaymiz. Hammasi tayyorgarlikka bog‘liq. Yozgi yig‘inni puxta o‘tkazib, chempionatga yaxshi sport formasida qaytamiz.

-  Sizga muxlislardan ham bir qator savollar kelgan. Ulardan biri shunday: agar o‘zimizdan yoki chetga yaxshi taklif bo‘lsa, qanday yo‘l tutasiz?

-  Hali bu masalada o‘ylab ko‘rganim yo‘q. Hozirgi paytda barcha e’tiborimni jamoamizni Superligaga chiqishiga qaratganman.

-  Shuningdek, siz o‘z vaqtida “Nasaf” akademiyasida ham tahsil olgansiz. U yerdagi hayotingizni qanday eslaysiz?

-  Avval “Paxtakor”da o‘qiganman. Keyin u yerdan ma’lum sabablarga ko‘ra ketganman. Shundan so‘ng, “Nasaf” akademiyasiga borgandim. U yerda raqobat kuchli edi. Balki shuning uchun kuchim yetmagandir. So‘ng “Andijon”ga qaytganman. Adashmasam, bu 2016 yillar edi. “Nasaf” akademiyasida bizga Azamat aka murabbiy edi. U yerda 4 oy yurganman.

-  Muxlislardan kelgan navbatdagi savol: o‘zimizdan va xorijdan qaysi futbolchiga taqlid qilasiz?

-  Eden Azar “Chelsi”da o‘ynab yurgan kezlarida unga juda qiziqardim. Superligamizda yoqtiradigan o‘yinchim bu – Oybek Bozorov.

-  Qaysi chempionatda to‘p surishni orzu qilasiz?

-  Angliya prem’er-ligasida o‘ynashni orzu qilaman.

-  Futbolchi sifatida oldingizga qo‘ygan vazifangiz qanday?

-  O‘zimni har tomonlama yaxshi ko‘rsatib, yanada kuchli klublarda to‘p surish niyatim bor. O‘z nomimni nafaqat O‘zbekistonda, balki hamma joyda qoldirishni istayman.

-  Yulduzlik kasaliga duch kelishingizdan muxlislar xavotirda...

-  Men boshimdan o‘tkazgan mashaqqatdan keyin yulduzlik kasaliga duchor bo‘lishim mumkin emas. Bunday bo‘lishiga haqqim ham yo‘q.

-  Bundan tashqari, muxlislardan kelgan yana bir savolda shunday deyiladi: Sohibjonov dastlabki oylik maoshiga ota-onasi uchun nima olib bergan?

-  Birinchi ish haqqimga onam uchun tilla olib berganman. Keyin ma’lum vaqt o‘tganidan keyin dadamga mashina sovg‘a qilganman.

-  Qanday rusumdagi mashina?

-  “Neksiya-3”. Jamoamiz prezidenti Jur’at aka shu sovg‘alarni berishimda juda katta yordam bergan. Buning uchun doim minnatdorman.

-  Jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikovga uchta so‘z bilan qanday ta’rif berasiz?

-  Kumikov taktik tomondan kuchli. Juda tartibli murabbiy. Hali bu kabi murabbiyni ko‘rmagandim.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 15:52, 04.07.2022.
O'qildi: 3334 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.