Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Ivan Boshkovich «Bunyodkor» U-21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Ivan Boshkovich «Bunyodkor» U-21 jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Baho:
+ | -

Barchaga ma’lumki, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Abdullayevning tashabbusi bilan klub va akademiya faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha so‘nggi vaqtda qator islohotlar o‘tkazib kelinmoqda. Klubdagi transformasiya va islohotlar jarayoni katta va jiddiy maqsadga qaratilgan – yosh futbolchilarni bugungi kun talabiga to‘liq javob beradigan, yevropacha futbol andozalariga mos tarzda tarbiyalash.

“Bunyodkor” akademiyasining faoliyatini yanada yaxshilash, ushbu zamonaviy dargohning foydali ish koeffisiyentini keskin ko‘tarish maqsadida, o‘tgan haftada akademiya rahbariyatida o‘zgarish qilingan edi.

Bugun klub tizimida yana bir almashuv amalga oshirildi. Shu kunga qadar ikki yarim yil mobaynida “Bunyodkor” akademiyasida ishlab kelgan chernogoriyalik mutaxassis Ivan Boshkovich “Bunyodkor” U-21 yoshlar jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. So‘nggi bir yarim yil davomida o‘rinbosarlarimizga ustozlik qilib kelgan Abduhamid Qodirov Bunyodkor U21 jamoacida katta murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ushbu o‘zgarishga klub tizimida bosh jamoaga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berish ko‘rsatkichini yuqoriga ko‘tarish maqsadida qo‘l urildi. Zero, “Bunyodkor” akademiyasi yangi nomlarni kashf etish bo‘yicha mamlakatimizdagi eng ilg‘or futbol dargohlaridan biri hisoblanadi. Bu dargohda futbolning ilk sir-asrorlarini o‘rgangan “qaldirg‘ochlar” albatta bosh jamoada to‘p surishlari kerak. O‘rinbosarlar jamoasi esa bu yo‘lda katta “ko‘prik” vazifasini o‘tab beradi.

Eslatib o‘tamiz, Ivan Boshkovich yaqindagina yakunlangan “Pro” toifasidagi xalqaro murabbiylik lisenziyasi uchun kurslarni muvaffaqiyat bilan tamomlagan edi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 14:50, 06.07.2022.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик