Kirish Ro'yxatdan o'tish

Reyna "Lasio"ni tark etdi

Reyna "Lasio"ni tark etdi

Baho:
+ | -

Darvozabon Pepe Reyna shartnomasi muddati tugagach, “Lasio”ni tark etdi. 39 yoshli ispaniyalik futbolchi rimliklar safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelayotgan edi. U klub safida 54 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Shu tariqa, “Lasio” asosiy va ikkinchi darvozabonsiz qoldi. 2021/22 yilgi mavsum yakunida albaniyalik Tomas Strakosha ham klubni erkin agent sifatida tark etdi.

Ayni damda rimliklar safida faqat uchinchi darvozabon – litvalik Marius Adamonis bor.

Oldinroq "Lasio" "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabalaga va "Atalanta" darvozaboni Marko Karnesekkiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 00:06, 07.07.2022.
O'qildi: 791 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик