Kirish Ro'yxatdan o'tish

Davronjon Ergashev: «Ikkinchi davrani munosib tarzda o‘tkazamiz»

Davronjon Ergashev: «Ikkinchi davrani munosib tarzda o‘tkazamiz»

Baho:
+ | -

Minsk yig‘ini to‘g‘rida jamoamiz sardori Davronjon Ergashevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Minsk shahriga yetib kelganimizga va mashg‘ulotlarni boshlaganimizga bir hafta bo‘ldi. Har kuni ikki mahaldan shug‘ullanyapmiz. Ertalab futbolchilarga jismoniy yuklamalar berilayotgan bo‘lsa, kechki mashg‘ulotda asosan to‘p bilan ishlab, texnik-taktik tayyorgarlikka e’tibor qaratilmoqda. Yig‘in doirasidagi ilk nazorat o‘yinimiz Belarusning yetakchi jamoalaridan biri «Energetik BGU»ga qarshi o‘tkazildi. Murabbiylarimiz mazkur o‘yinda yig‘inda qatnashayotgan barcha futbolchilarga imkoniyat berdi. Chunki Superliganing birinchi davrasidagi so‘nggi o‘yindan keyin nazorat bahsida ham maydonga tushmagandik. Tarkibdagi barcha o‘yinchilarning holatini bilish uchun «Energetik BGU»ga qarshi bahs kerakli edi. Garchi yig‘in vaqtida ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lsakda, o‘rtoqlik o‘yinida barcha jamoadoshlarim borini berib harakat qildi. Sardor sifatida shaxsan menga maydonga tushgan barcha o‘yinchilarning harakatlari ma’qul keldi.

- Agar imkoniyat bo‘lsa nafaqat qishgi, balki yozgi yig‘inni ham xorijda o‘tkazishning foydali tomonlari juda ko‘p. Oddiy misol, Minsk yig‘in uchun juda qulay shahar. Ayniqa, ob-havosi bilan. Qolaversa, Belarus UYEFAga a’zo hisoblanadi. Klublari Yevropa musobaqalarida ishtirok etadi. O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, bunday raqiblar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushish har qanday jamoa uchun faqat va faqat foydali bo‘ladi.

- Muxlislarga nima deyishim mumkin? «Bunyodkor»ning sodiq va qadrdon ishqibozlariga bir narsani ayta olaman, mavsumning ikkinchi qismini birinchisiga nisbatan yaxshiroq o‘tkazishga, Chempionlar ligasi uchun beriladigan yo‘llanlarning biriga ega chiqishga harakat qilamiz. Buning uchun biz futbolchilar qo‘limizdan kelgan barcha ishni bajaramiz!

- Sardor sifatida bizga shunday yig‘inni tashkillashtirib bergani uchun klub rahbariyatiga jamoadoshlarim nomidan minnatdorchilik bildiramiz. Biz bunday e’tiborga natijalarimiz orqali munosib tarzda javob beramiz! - deyiladi "Bunyodkor" klubi rasmiy saytida.

Manba: Бунёдкор матбуот хизмати
Kiritildi: 15:37, 19.07.2022.
O'qildi: 1336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.