Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Nasaf"ga kelayotgan Mateus Lima qaysi jamoalarda faoliyat olib borgan?

"Nasaf"ga kelayotgan Mateus Lima qaysi jamoalarda faoliyat olib borgan?

Baho:
+ | -

To‘liq ismi: Mateus Lima Kruz

Tug‘ilgan sanasi: 1993 yil 18 yanvar (29 yosh)

Tug‘ilgan joyi: Iturama, Braziliya

Bo‘yi: 1,87 m

Pozisiyasi: Hujumchi

Minas-Jeraisning Iturama shahrida tug‘ilgan Mateus Lima “Gremio Baruyeri” yoshlar jamoasi bitiruvchisi edi. "Sport Baruyeri"da qisqa muddatli ijaradan so‘ng u professional debyutini 2012 yilning 17-noyabrida B Seriya chempionligi uchun "Avai"ga qarshi o‘z uyidagi o‘yinda nishonlagan.

2013yilning 4-fevralida Mateus Lima “Sport Resifi”ga ko‘chib o‘tgan.Keyinchalik u 10-dekabrda Guarani safiga qo‘shilgan.

2014 yilning 16-yanvarida Mateus Lima “Luverdense” bilan shartnoma imzoladi. U o‘zining professional faoliyatidagi debyut golini 19-noyabr kuni kiritdi. O‘sha o‘yinda uning jamoasi“Amerika Mineiro”ga o‘z uyida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

2015 yil 20-fevralda Mateus Lima “Operario Ferroviario” bilan shartnoma tuzishga rozi bo‘ldi. U Campeonato Paranayensening yil chempioni bo‘lgan, ammo kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushgan.

2015yil iyun oyida Mateus Lima Ako Stoykov, Diyego Martins va Fatjon Sefa ketganidan keyin  Albaniya chempioni “Skënderbeu Korche” bilan shartnoma imzoladi. 16 iyun kuni o‘zining Yevropadagi norasmiy debyutida Lima Ruminiya jamoasiga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda gol urdi. Debyutda gol urganiga qaramay, u UYEFA Chempionlar Ligasining birinchi saralash bosqichi uchun "Skënderbeu"ning qaydnomasiga kiritilmagan, chunki u o‘z o‘yinlari bilan murabbiyi Mirel Xosani ishontira olmagan.

2015 yilning iyulida, “Skënderbeu Korche” bilan atigi bir oy o‘tgach, Mateus klubni tark etdi va “Kukesi” bilan shartnoma imzoladi. 2015-16 yilgi mavsumda u 27 liga o‘yinida 7 ta gol urdi va Albaniya kubogida uchta gol kiritgan.

2016 yilning iyul oyida Mateus Lima "Santos"ga qo‘shildi va B-jamoasi a’zosi bo‘ldi. Ammo birorta o‘yinda maydonga tushmagan.

2017 yil yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida Mateus Lima Serbiya Superligasi vakili “Borac Chachak” bilan shartnoma imzoladi.

2018 yilning yozida Mateus Lima Xorvatiya Birinchi Futbol Ligasi vakili “Slaven Belupo” bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

2020 yil 17 avgustda “Apoel Nof HaGalil” bilan shartnoma imzolangan. Jamoa tarkibida 30 o‘yin o‘tkazib, 9 golga mualliflik qilgan. Hujumchining so‘nggi jamoasi “Apoel Rishon LeZion” hisoblnadi. Futbolchi Isroil klubida 39 o‘yinda 7 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Futbolchi faoliyati davomida 12 klubda 258 o‘yin o‘tkazgan va 57 golga mualliflik qilgan. Shuningdek, uning hisobida 12 golli uzatma ham bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:45, 20.07.2022.
O'qildi: 7881 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.