Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Barcha birdek yaxshi ko‘radigan 10 futbolchi

Barcha birdek yaxshi ko‘radigan 10 futbolchi

Baho:
+ | -1

 Sofokl va Shekspirning buyukligi ularning “shox” asarlarida. Ikki yozuvchi drammalarining “shox” deb atalishga sabab esa, asardagi qahramonlarni o‘quvchilar yaxshi ko‘ra olmaydi. “Shox Edip”dan tortib “Qirol Lir”gacha barcha asardagi asosiy qahramonlarning kamida bitta qusuri yomon ko‘rishimizga yetarli bo‘lib chiqadi. Hozirgi zamon futboli ham shunday bo‘lib bormoqda. Qaysidir futbolchini harakteri yokida sevimli jamoamiz darvozasiga gollar urgani uchun yomon ko‘ramiz. Ammo shunday futtbolchilar borki ularni hamma birdek yaxshi ko‘rishadi. Agar siz ularning professionalligiga va maydon tashqarisidagi harakatlariga yaxshi baho bermasangiz, demak futbolni tushunmaysiz. Quyida aynan men aytgan futbolchilar bilan tanishamiz.

 10. Xabi Alonso

Faoliyati davomida “Real Sosyedad”, Liverpul, “Real Madrid” va “Bavariya” singari top klublarda to‘p surgan yarim himoyachi ro‘yxatimizning 10 o‘rniga loyiq deb topildi. Asosan tayanch zonasidagi qora ishlarni bajaruvchi futbolchilarni odatda muxlislar hushlamaydi. Ammo Alonso boshqa darajadagi futbolchi. Maydonda “hurmacha” qiliqlar qilmagan. Simulasiya va qo‘polliklardan tiyilgan futbolchini hamma hurmat qiladi. Alonso intervyu jarayonida doim raqiblariga nisbatan katta hhkrmatda bo‘lishini bildirib turadi. Xabini bir narsa tufayli muxlislar yoqtirmasliklari mumkin. U ham bo‘lsa, Jahon chempionati 2010. O‘sha turnir finalida Naydjel de Yong qizil kartochka olishiga Alonso sababchi deydigan fikrlar bor. Ammo de Yong rostan ham oyog‘ini juda baland ko‘targan va Alonsoning ko‘kragiga zarba bergan.

9. Karles Puyol

 Ispaniyaning “oltin” avlodida “xeyter”lar kam bo‘lgan. Puyoldagi asosiy yutuq uning haqiqiy sardor ekanligida. U raqiblariga nisbatan tajavvuz qilmagan futbolchiligida. Puyol hatto yuziga tarsaki tushurgan futbolchiga ham indamagan. Karles uchun o‘ch olishni istab borayotgan jamoadoshlari qarshisiga chiqib, ularni tinchlanishga chaqirgan va bu o‘yindagi oddiy holatligini aytgan. Uning himoyadagi sherigi Pikening boshiga plastmassa buyum kelib tekkanda, Jerarni simulasiya qilmasligi, o‘ynashda davom etishi kerakligini aytib, o‘sha buyumni maydon tashqarisiga otib yuborgan. Futbolda vaqt cho‘zgan o‘yinchi doim muxlislarga yoqmaydi. Puyolda unday “hislat” yo‘q.

8. Mesut O‘zil

  O‘zilning yuqoridagi futbolchilarga o‘xshab sanaydigan holatlari yo‘q. Mesut maydonda faqat to‘p tepgan. Avjiga shiqqan janjallarda uni ko‘rgan bo‘lsangiz fikr bildirishga shoshilmang. Klassikolardagi janjallarning oldini olishda germaniyalik doim faol bo‘lgan. O‘zil haqiqiy professional. Uning porlagan davri “Real”da bo‘lgan. Shunday futbolchining “butsani mixga iladigan” yillari juda yomon o‘tmoqda. Ammo O‘zilni shunday bo‘lsada, ishqibozlar yoqtiraverishadi. Uning tashqi qiyofasini ko‘rsatib, “shu ham futbolchimi?” deydiganlar topilgan vaqtida. Ammo futbolda qiyofa hech qanday ahamiyatga ega emas.

7 Andres Inyesta

 Yana bir Ispaniya oltin avlodi vakili bo‘lgan Inyesta nafaqat maydondagi o‘yini, maydon tashqarisidagi harakteri va finalda golni nishonlashi bilan muxlislar ko‘nglidan joy olgan. Inyesta ham O‘zil singari haqiqiy professional va pravaqasion harakatlarni umuman amalga oshirmagan futbolchi hisoblanadi. Inyestani maydonda yiqitish Messiga nisbatan ham qiyinroq. Leo ohirgi yillar o‘ziga qulay jarima ishlash uchun ham biroz yiqilishni ma’qul ko‘rib qoldi. Inyesta esa imkon qadar oyoqda tik qolishni va hakamdan jarima so‘ramaslikni istardi. Inyestaga qarshi qo‘pol o‘ynashdimi? Hakamlar buni darxol bilishgan va hushtak chalishga shoshilmagan. Chunki vaziyat to‘liq yakunlanishini kutishgan. Jahon chempionatidagi golini esa Dani  Jarkuega bag‘ishlagani esa barcha muxlislarga yoqqan. Eng katta futbol musobaqasi finalida hal qiluvchi golni urib, olamdan o‘tgan do‘stiga bag‘ishlan hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi.

6. Sesk Fabregas

Fabregasdan ko‘ra Inyesta ko‘proq bu o‘ringa mos ko‘rinishi mumkin. Ammo Fabregas nega Andresdan yuqoriroqda joylashganiga sabablar bor. Seskni hatto raqib futbolchilari ham hurmat qilishgan. To‘g‘ri, Fabregasni “Real” muxlislari simulant futbolchi deyishi mumkin. Ammo Sesk unday futbolchi bo‘lmagan. Ayniqsa, uning “Chelsi”dagi o‘yinlari va maydondagi harakteri tufayli barcha hurmat qiladi. “Chelsi” va “Man Siti” o‘yinida Fernandinyo futbolchilarni ajratayotgan Seskga tashlangan. Fabregas esa, raqibiga nisbatan jiddiy harakat amalga oshirmagan, hattoki braziliyalik uni turtib, reklama bannerining narigi tarafiga o‘tkazib yuborsada. Buni ko‘rgan Diyego Kosta esa Fernandinyoga tashlanmoqchi bo‘lgan. Ammo vaqtida Sesk qaytib, Diyegoni tinchlantirgan. Yoki Fabregas va Aleksis Sanches o‘rtasidagi vaziyat ham ancha muxlislar Fabregasni hurmat qilishiga sabab bo‘lgan.

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:37, 23.07.2022.
O'qildi: 7664 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.