Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Allegri: "Pogba "Yuventus"ning timsollaridan biriga aylanadi"

Allegri: "Pogba "Yuventus"ning timsollaridan biriga aylanadi"

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Gvadalaxara"ga (2:0) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinini sarhisob qildi.

“Bu biz uchun yaxshi sinov bo‘ldi. Jamoa shu kunlarda Turinda astoydil harakat qilmoqda va natijani ko‘rishingiz mumkin. Biz birinchi bo‘limda ham, ikkinchi bo‘limda ham yaxshi ritm bilan o‘ynadik. O‘z hissasini qo‘shgan yosh futbolchilar va yangi kelganlardan mamnunman. Pogba yaxshi harakat qildi, qilinadigan ishlar bor, lekin u bu jamoaning timsollaridan biriga aylanadi. Menga Fajoli, shuningdek, birinchi golni urgan Gatti yoqdi", - deya Allegrining so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Yangi kelganlar Bremer, Pol Pogba va Anxel Di Mariya "Yuventus"ning asosiy tarkibida bahsni boshlashdi. Ular birinchi bo‘limda o‘ynashdi va tanaffusda almashtirildi.

Italyan klubining mavsumoldi navbatdagi raqibi "Barselona" bo‘ladi. O‘yin 27 iyul kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 05.30da boshlanadi.

Kiritildi: 13:45, 23.07.2022.
O'qildi: 1316 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик