Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

“Monako” — arzonga olib qimmatga sotuvchi klub

“Monako” — arzonga olib qimmatga sotuvchi klub

Baho:
+ | -

Keling, bugun futbolchilarni qanday narxda va qachon sotishni biladigan “Monako”ning eng katta sotuvlari haqida gaplashamiz.

Bernardo Silva
Qayerga: “Manchester Siti”
Qanchaga: 50 million yevro

Silva "Monako"da 3 yil o‘ynadi. Avvaliga monegasklar yarim himoyachini "Benfika"dan ijaraga olishgan, keyin esa mavsum o‘rtasida 15,75 million yevro evaziga sotib olishgan. 2017 yilning iyulida “Monako” portugaliyalikni “Manchester Siti”ga 50 millionga sotgandi. Xosep Gvardiola o‘yinchiga e’tibor qaratdi va shundan so‘ng u besh yildan beri jamoa asosiy futbolchilaridan biri.

Benjamin Mendi
Qayerga: “Manchester Siti”
Qanchaga: 57,5 million yevro

Mendi Silvadan keyin “Manchester Siti”ga bordi. Boz ustiga, fransuz “shaharliklar”ga portugaliyaliklardan ham qimmatroqqa tushdi. 2016 yilning yozida “Monako” himoyachini “Marsel”dan 13 million yevroga sotib olgandi. Oradan bir yil o‘tib monegasklar uni 57,5 millionga “Manchester Siti”ga sotishdi. Bu safar Gvardiola transfer qilishda adashdi. Mendi "shaharliklar"ga yaxshilikdan ko‘ra ko‘proq muammolarni keltirdi. Fransiyalik futbolchi qonun bilan bog‘liq muammolar tufayli deyarli bir yil maydonga tushmadi.

Antoni Marsyal
Qayerda: “Manchester Yunayted”
Qanchaga: 60 million yevro

Marsyalning sotilishi "Monako" uchun juda muvaffaqiyatli kelishuv. 2013 yilning yozida monegasklar “Lion” yoshlar jamoasidan 5 million yevro evaziga futbolchi sotib olishdi. 2 yildan so‘ng ular futbolchini "Manchester Yunayted"ga 60 millionga sotishdi. Va bu “Monako”da hujumchi unchalik sermahsul bo‘lmaganiga qaramay. Kelgusi mavsum fransuz uchun "Manchester Yunayted"dagi sakkizinchi mavsum bo‘ladi, ammo u klubning asosiy to‘purariga aylangani yo‘q. Erik ten Xag bilan hamkorlik Marsyalning "Old Trafford"da o‘ynashiga so‘nggi umiddir. Aks holda uning “MYU”ni tark etishi muqarrar.

Toma Lemar
Qayerga: “Atletiko”
Qanchaga: 72 million yevro

"Monako" uchun yana bir muvaffaqiyatli kelishuv. 2015 yilning yozida monegasklar Lemarni “Kan”dan 4 million yevroga sotib olishgandi. 3 yildan so‘ng ular yarim himoyachini "Atletiko"ga 72 millionga sotishdi. Madridda fransuz uchun hammasi yaxshi ketyapti, deyish mumkin emas. Futbolchi o‘tgan mavsumda yaxshi o‘ynadi, biroq oldingi mavsumlarda ham o‘yin vaqtida, ham o‘yinda muammolar bor edi. O‘tgan mavsumda Lemar 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning “Atletiko Madrid”dagi eng yaxshi ko‘rsatkichlari.

Xames Rodriges
Qayerda: “Real Madrid”
Qanchaga: 75 million yevro

Xames "Monako"da atigi 1 mavsum o‘tkazdi. 2013 yilning yozida monegasklar yarim himoyachini "Portu"dan 45 million yevroga sotib olishgandi. Oradan bir yil o‘tib 75 million evaziga "Real"ga o‘tdi. Kolumbiyalik o‘zining birinchi mavsumida "blankoslar" safida 13 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Xames "qirollik klubi"da bundan ortiq natija qila olmadi. Zinedin Zidan kelishi bilan Ispaniya poytaxtida kolumbiyalik uchun bulutli kunlar boshlandi. Hozir yarim himoyachi Qatarning "Ar-Rayyan" jamoasida o‘ynaydi, ammo Yevropaga qaytish istagini bildirmoqda.

Aureliyen Tchuameni
Qayerga: “Real Madrid”
Qanchaga: 80 million yevro

"Monako" uchun Tchuameni shartnomasi hali yangi bo‘lib turibdi. Monegasklar yarim himoyachini 2020 yilning yanvarida 18 million yevro evaziga "Bordo"dan sotib olgandi. Shu yilning iyun oyida “Monako” futbolchini “Real”ga 80 million yevro evaziga sotgandi. Yana 20 million monegasklar bonus olishlari mumkin. “Qaymoqranglilar” kelajak uchun katta sarmoya kiritdi. Bu transfer o‘zini oqlashi kerak. Tchuameni kelgusida rivojlanish uchun barcha fazilatlarga ega, istiqbolli yarim himoyachi hisoblanadi. Karlo Anchelotti qo‘l ostida yosh fransuz muvaffaqiyatga erishishi kerak.

Kilian Mbappe
Qayerga: “PSJ”
Qanchaga: 180 million yevro

Mbappening transferi "Monako" tarixidagi eng muvaffaqiyatli sotuvi bo‘ldi. Kilian hali yoshligida monegasklar akademiyasiga qo‘shildi. U yerda 4 yil o‘tkazdi, shundan so‘ng avvaliga ijaraga, keyin esa doimiy ravishda “PSJ”ga o‘tdi. Parijliklar yosh hujumchini 2018 yilning yozida sotib olishgan edi. Transfer summasi 180 million yevroni tashkil qildi. Bu "Monako" uchun eng katta sotuv va "PSJ" uchun ikkinchi eng qimmat transfer. Fransiya chempionlari ko‘pincha o‘zlariga yoqmaydigan futbolchilar uchun katta mablag‘ sarflashadi, biroq bu transfer aksincha bo‘ldi.

Kiritildi: 12:51, 25.07.2022.
O'qildi: 6971 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.