Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» Tojikiston chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. «Andijon» Tojikiston chempionini yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

"Andijon" oxirgi nazorat uchrashuvida Tojikistonning birinchi raqamli klubi - "Istiqlol"ga qarshi kuch sinashdi va kuchli raqib ustidan yirik - 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuv jamoalarning ilk o‘zaro o‘yini sanaladi.

Ma’lumot uchun, bungacha "Istiqlol" Namanganda "Navbahor" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, Toshkentda "Lokomotiv" bilan ham murosa ko‘chasini tanlagandi - 0:0.

O‘yin hujumkor ruhda o‘tdi. E’tiborlisi, uchrashuvning asosiy voqealari ikkinchi bo‘limda yuz berdi. Avvaliga 47-daqiqada Bogdan Milich o‘zining aniq zarbasi bilan darvozani aniq nishonga oldi. Bo‘lim o‘rtalarida Milichning vatandoshi - Goron Miloyko tezkor hujumni gol bilan yakunlandi. Qizig‘i, Miloyko keyin hakam tomonidan qizil kartochka bilan maydondan chetlatildi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlanish arafasida Malikshoh Rasulov tezkor qarshi hujumda raqiblarini ortda qoldirib, darvozaning uzoq burchagini nishonga olib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi - 3:0.

Shu tariqa, "Andijon" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Tojikistonning eng kuchli klubini yirik hisobda mag‘lub etgan holda yig‘inni yuqori notada yakunladi.

"Istiqlol" klubi Tojikistonning 10 karra chempioni va 11 marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, 8 bor Tojikiston Kubogini yutgan. 2012 yilda OFK Kubogini qo‘lga kiritgan. Yana ikki marta ushbu musobaqada finalgacha yetib borgan.

O‘tgan yili "Istiqlol" Osiyo Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashib guruhdan chiqqan va 1/8 finalga yetib borgan. Bu yil ham OCHL guruh bosqichida qatnashdi.

Tojikiston milliy terma jamoasining asosiy negizini ushbu klub vakillari tashkil etadi.


Nazorat uchrashuvi. 29.07.2022.
"Andijon" — "Istiqlol" 3:0 (0:0)
Gollar: Bogdan Milich 1:0, Goran Miloyko 2:0, Malikshox Rasulov 3:0
"Andijon": Eldor Adhamov, Ilhom Alijonov, Abduvohid G‘ulomov, Ildar Mamatkazin, Vladimir Bubanya, Goron Miloyko, Muhammadkarim Toirov, Suhrob Berdiyev, Azamat Isroilov, Farhod Sohibjonov, Bogdan Milich
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abdurahmon Komilov, Malikshoh Rasulov, Ahmadjon Anvarov, Axror Inoyatov, Izzatillo Abdulxaqov
"Istiqlol": Rustam Yatimov, Axtam Nazarov, Timur Partsvaniya, Gleb Grachev, Vladislav Kasminin, Idris Aminu, Muhammadjon Rahimov, Shahrom Suleymanov, Parviz Baki-Axunov, Shervoni Mabatshoyev, Manuchehr Jalilov
Bosh hakam: Aziz Asimov
Qanot hakamlari: Ruslan Serazetdinov, Olim Abduvosilov

"Andijon" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:27, 30.07.2022.
O'qildi: 1592 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.