Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Rasman! "Barselona" qiziqish bildirgan meksikalik darvozabon boshqa klubga ko‘chib o‘tdi

Rasman! "Barselona" qiziqish bildirgan meksikalik darvozabon boshqa klubga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

"Real Solt Leyk" klubining 21 yoshli meksikalik darvozaboni David Ochoa "Di Ci Yunayted" jamoasiga ko‘chib o‘tdi.

Transfer summasi 75 ming dollarni tashkil etdi, biroq futbolchi kelajakda shartnomani uzaytirsa, summa bir necha barobar oshishi mumkin. Shuningdek, "Real Solt Leyk" futbolchining MLSdan tashqaridagi keyingi transfer summasining 25 foizini oladi.

Avvalroq, darvozabonga "Barselona", "Amerika", "Monako" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqayotgan edi.

Darvozabon joriy mavsumda "Real Solt Leyk" yoshlar jamoasida MLSning Next Pro chempionatida ikkita o‘yinda maydonga tushdi va to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.

Ochoa AQSH va Meksikaning yoshlar hamda o‘smirlar terma jamoalarida o‘ynagan. Bu yil u Meksikaning asosiy terma jamoasiga chaqirildi, biroq hali rasmiy o‘yinda debyut o‘tkazmadi.

Kiritildi: 09:19, 30.07.2022.
O'qildi: 2489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик