Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 01:00 Boliviya 1-0 Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador 0-0 Paragvay
11/10 02:00 Venesuela 1-1 Argentina
11/10 05:00 Chili 1-2 Braziliya
12/10 05:00 Peru - Urugvay
12/10 19:00 Dinamo - Navbahor

Shomurodov “Roma”ni tark etadi. Mourinyo hayratda qolmadi

Shomurodov “Roma”ni tark etadi. Mourinyo hayratda qolmadi

Baho:
+1 | -

2020 yilning kuzida hamma uchun kutilmaganda holatda Rostov jamoasida uch yil davomida turli muvaffaqiyatlarga erishgan hamyurtimiz "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov Genuyaga ko‘chib o‘tdi. Umuman olganda, bu transfer barcha tomonlar uchun ideal bo‘ldi - "Rostov" o‘yinchini 300 mingga sotib olgan edi va 9 million yevroga sotdi.

2020/21 yilgi mavsumda Eldor “Jenoa” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shomurodov yangi jamoadagi o‘z o‘yini uchun yuqori baho oldi va transferdan bir-ikki oy o‘tib italiyalik insayderlar futbolchiga "Yuventus"dan qiziqish borligini yozishdi. O‘shanda bu juda g‘alati ko‘rinardi, lekin Eldorning bahordagi seriyasidan so‘ng (liganing 6 ta o‘yinida 5ta gol) mish-mishlar qiziqarli tafsilotlarga ega bo‘la boshlagandi.

Natijada, "Yuve" va Shomurodovning transferi jurnalistlar gap-so‘zlarida qoldi. Bu ajablanarli emas, chunki mavsumda sakkizta gol jahon grandiga o‘tish uchun yetarli emasligi aniq. Agar Eldor 18-20 yoshda bo‘lganida, shartnomani yoshligi va istiqboli bilan oqlagan bo‘lardi, lekin o‘sha paytdagi 25 yoshli futbolchiga qo‘yiladigan talablar, albatta, boshqacha.

Turin o‘rniga Rim

Biroq iyul oyida "Yuventus" bilan bo‘lgan fantastik variant "Roma" bilan ham xuddi shunday kutilmagan variantga almashtirildi. Joze Mourinyoning Shomurodovni o‘z jamoasida ko‘rish istagi haqidagi ilk mish-mishlardan bir necha hafta o‘tib, hujumchi allaqachon qizil rangli futbolkada kameralar qarshisida o‘zini ko‘rsatayotgan edi.

Hammasi bir hafta ichida sodir bo‘ldi. Mourinyo avval agentim bilan, keyin men bilan gaplashdi. Kelishuv bunchalik tez amalga oshishiga ishonmasdim, degan edi Eldor.

Bu transfer murabbiyning xohishi bilan amalga oshdi. Portugaliyalik agent German Tkachenko tufayli Eldor bilan uchrashgan va birga suratga tushishgan. Futbolchi portugaliyalikning o‘z o‘yini va statistikasidan xabardorligidan hayratda qolganini tan oldi. Edin Jeko ketganidan keyin Mourga markaziy hujumchi kerak edi va u buni imkon qadar tez hal qildi. Biroq, keyinchalik "Chelsi"dan sotib olingan Temmi Abraham Eldorni o‘zini ko‘rsatishga to‘sqinlik qildi.

Shomurodovning o‘tgan mavsumdagi "Roma"dagi o‘yinlari statistikasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, barcha musobaqalarda 40 ta o‘yin, 5 ta gol va 6 ta golli uzatma.

Ammo batafsilroq qaraydigan bo‘lsak, manzara butunlay boshqacha ko‘rinadi - Eldor "bo‘rilar" safida bor-yo‘g‘i 4 ta to‘liq o‘yin o‘tkazdi, ko‘pincha u o‘yin yakunida zaxiradan maydonga tushdi. Oxiri Eldorning o‘zi gapirishga majbur bo‘ldi:

“O‘yin vaqtimdan qoniqmadim, ko‘proq o‘ynashni xohlayman. Mourinyo bilan yaxshi munosabatdaman. Ehtimol, avvalgidek emas, lekin hali ham yaxshi. Mening klub bilan shartnomam bor. Agar ko‘proq o‘ynasam, qolaman. Lekin men endi zaxirada o‘tirishni xohlamayman”.

Oqibatda vaziyat yanada og‘irlashdi, Eldor mavsum oxirigacha o‘yin oxirida zaxiradan maydonga tushishda davom etdi. Transfer oynasi ochilishi bilan esa o‘zbekistonlik futbolchining Rim klubini tark etishi haqidagi mish-mishlar tarqaldi, klub Paulo Dibalaning transferini rasmiylashtirdi, bu esa kelajakda Shomurodovni jamoaning uchinchi hujumchisiga aylantiradi. Shu bilan birga, Corriere dello Sport nashrining qo‘shimcha qilishicha, Mourino o‘zbekistonlik futbolchining mavsumoldi yig‘inidagi o‘yinida qoyil qolgani yo‘q.

Eldorga A Seriyaning o‘rtameyona klubidan joy kerak

Katta ambisiyalarga ega bo‘lgan jamoaga, shuningdek, "o‘zgacha" xarakterga ega murabbiy keskin ko‘tarilish uchun Shomurodovga imkon bermadi.

Italiya jurnalistlari va muxlislari voqealarning bunday ketishini hujumchining xarakteriga bog‘lashmoqda, unga Joze juda qadrlaydigan agressiv o‘yin yetishmadi. Bir necha kun oldin ProSpors Management vakili, hujumchining agenti Qahor Mo‘minov:

“Eldor "Tottenxem" bilan o‘yinga bormaydi, chunki u boshqa klubga o‘tishga yaqin. To‘liq transfer yoki ijara bo‘ladimi? Bu haqda "Roma"dan so‘ragan ma’qul”, dedi.

Va agentning izohidan so‘ng darhol italiyalik insayder Nikolo Skira o‘z ma’lumotlari bilan chiqdi va "Torino" va "Bolonya" 27 yoshli hujumchi haqida ma’lumot so‘raganini aytdi. Aytilishicha, klublar kelishuvga sotib olish variantini kiritgan holda Eldorni ijaraga olmoqchi. Shuningdek, Shomurodovga "Monsa" va "Sampdoriya"dan qiziqish bildirishgan, biroq har ikki klub vakillari bu mish-mishlarni rad etishgan.

O‘tgan mavsumni 10-o‘rinda yakunlagan "Torino" bilan variant eng jozibador ko‘rinadi, chunki "buqalar" bu yozda Andrea Belotti bilan yo‘llarini ajratishdi va faqat Antonio Sanabria, Petro Pellegri va Simone Zaza jamoada qoldi. “Bolonya”da o‘tgan mavsumda 14 ta gol urgan 33 yoshli hujumchi Marko Arnautovich hozircha yagona raqib bo‘lib turibdi.

“Sampdoriya” va “Monsa”da, umuman olganda, asosiy tarkibdagi o‘rin uchun kurashadigan hech kim yo‘q. A Seriya Eldorga juda mos keladi, u faqat boshida barqaror o‘yin ko‘rsatish uchun kerakli klubga o‘tishi kerak,yaqin kunlarda bu voqea sodir bo‘ladi.

Kiritildi: 11:47, 31.07.2022.
O'qildi: 6296 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.