"Atletiko" hujumchisi Joau Feliks "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik hujumchi ikkinchi bo‘lim oxirida o‘yindagi g‘alaba golini kiritdi.
“Ko‘pdan beri o‘ynamaganman va qaytganimdan juda xursandman. Oldingi mavsumlarda men doim imkon qadar yaxshi o‘ynashga harakat qilganman. Bu yil men uchun muvaffaqiyatli bo‘ladimi, bilmayman. Biz kelajakni bashorat qila olmaymiz. Lekin sizni ishontirib aytamanki, men yuqori saviyada bo‘lish va jamoaga yordam berish uchun hamma narsani qilyapman", - deya Feliksning so‘zlarini keltiradi Marca.
22 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda "matraschilar" safida 34 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.













