Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

«Chelsi» yangi futbolchilar bilan bu mavsumda qanday tarkibga ega bo‘ladi?

«Chelsi» yangi futbolchilar bilan bu mavsumda qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi shu bugunga qadar transferlar oynasida o‘ta faol bo‘lgani yo‘q. To‘g‘ri, ikki yirik xaridga qo‘l urildi. Ammo bu yetarli bo‘lmaydi. Shunga qaramay, hali vaqt bor. Tomas Tuxel «Arsenal»ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin yana bir qancha xaridlar qilish kerakligini ta’kidlagandi. U ayniqsa himoya chizig‘ini kuchaytirish kerakligiga urg‘u bergan. Chunki jamoa yaqinda ikki top-himoyachisi - Antonio Ryudiger hamda Kristensenni erkin agent sifatida qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. Quyida «Chelsi» tarkibining sotib olingan va olinmoqchi bo‘layotgan futbolchilari bilan qanday ko‘rinishga kelishi mumkinligi haqida gaplashamiz.

«Aristokratlar» yangi mavsumga qadar Sesar Aspilikueta hamda Markos Alonsodan ham mahrum bo‘lishi mumkin. Shu sababli, jamoa himoya, xususan, markaziy himoya uchun variantlar qidirishi lozim. Ayni damda esa «Chelsi»da shunday nomzod bor. U «Leypsig» vakili Yoshko Gvardioldir. G‘arbiy londonliklar Xorvatiya terma jamoasi a’zosi o‘rniga Bundesligani yaxshi biladigan Timo Vernerni taklif etmoqchi. Bundan ikki mavsum avval Verner, aynan «Leypsig»dan xarid qilingan edi. «Chelsi» o‘zining ustuvor maqsadi bo‘lgan Jyul Kundedan ayrilgach, endi yuqoridagi usulni qo‘llashga harakat qilmoqda. Ammo «Leypsig» bu taklifga rozilik bermayotir.

«Chelsi»ning yarim himoya uchun ham rejalari mavjud. Xususan, «Manchester Yunayted» nishoni bo‘lgan Frenki De Yongni tortib olish, mana shu amaliyotning bir qismidir. Agarda De Yong xaridi muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, u holda Tuxel ixtiyorida ancha takomillashgan va barqaror asosiy tarkib yuzaga keladi. Bu tarkibni nemis mutaxassisi har xil uslubga solib o‘ynatishi mumkin.

Tomas Tuxel «Chelsi»dagi faoliyati davomida asosan 3-4-3 taktik sxemasi orqali zafar quchib kelayotgan edi. Agarda yuqoridagi ikki xarid amalga oshsa, u holda quyidagicha joylashuv xaritasi yuzaga keladi. Unga ko‘ra, Eduar Mendi qo‘riqlaydigan darvozani uchta himoyachi, Tiagu Silva, Yoshko Gvardiol hamda Kalidu Kulibali himoya qiladi. Ris Jeyms o‘ng qanotga, Ben Chilvell esa chapga joylashadi. Markaziy yarim himoyadan N'Golo Kante hamda Frenki De Yong joy oladi. Meyson Maunt, Raxim Sterling hamda Kay Xaverts Tuxel hujumini tashkil etib berishadi.
Shuningdek, Tuxel yuqoridagi futbolchilardan 4-3-3 ko‘rinishida foydalanishi ham mumkin. Bir paytlar nemis murabbiyi «Borussiya Dortmund»da aynan mana shunday taktikani qo‘llab, harakat qilgan. Bu variantda markaziy himoyani Kulibali hamda Gvardiol tashkil etib beradi. Qanotlar har doimgidek Jeyms hamda Chilvellga topshiriladi. Tayanchda Jorjinyo harakat qilgan holda, yarim himoyaning yuqori chizig‘ida Kante hamda De Yong joylashadi. Sterling Xavertz bilan «yolg‘on to‘qqizlik»ni hosil qiladi. Ularga qanotda Maunt yordam beradi.

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 16:55, 01.08.2022.
O'qildi: 3829 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.