Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro - Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon - So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor - Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Yangi murabbiy eski natijalar…

Yangi murabbiy eski natijalar…

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" Premyer-ligada so‘nggi bor g‘olib chiqqaniga ham deyarli 10 yil bo‘ldi. Oxirgi marta chempionlik Aleks Fergyuson qo‘l ostida 2012/2013 yilgi mavsumda qo‘lga kiritilgan. O‘shandan beri jamoa ikki marta ikkinchi o‘rin bo‘lgan bo‘lsa-da, har safar chempionlikdan uzoqda bu natijaga erishgan. Har bir yangi mavsum muxlislar tomonidan umid bilan qabul qilinadi. Bu safar ham shundaymi?

Bu yozda "Manchester Yunayted"ga yangi murabbiy - Erik ten Xag keldi. Hamma Krishtianu Ronalduni muhokama qilayotgan bir paytda, jamoa yig‘inlarda ko‘p ish qildi.

"Manchester Yunayted" haqidagi barcha optimistik fikrlar mavsumning birinchi o‘yinidan keyin yo‘qoldi. "Brayton" "Old Trafford"ga keldi. Dastlabki 10 daqiqada "Manchester Yunayted" to‘pni egallab oldi va 80% ustunlikka ega chiqdi, keyin nimadir noto‘g‘ri ketdi. “Brayton”ning o‘yini yaxshi ko‘rina boshladi va Gross birinchi bo‘limdayoq dubl qayd etdi.

"Manchester Yunayted"ning o‘yin rejasi ish bermadi. Eriksen soxta to‘qqizlik pozisiyasida harakat qildi. Bu uning maydondagi optimal joyi emasligi aniq, ammo jamoaning eng sermahsul futbolchisi Brunu Fernandeshni o‘z o‘rnidan chetlatish g‘alati bo‘lardi. Ayniqsa, hujumchining joyi bo‘shatilganidan keyin. Ronaldu deyarli butun mavsum oldidan tayyorgalikni o‘tkazib yubordi va Marsyal (u yig‘inda yetarlicha o‘ynadi) jarohat oldi.

63-daqiqaga kelib, "Brayton" muxlislari o‘z jamoalarining har bir uzatmasi uchun masxara qiluvchi "ole" so‘zini ayta boshlashdi. Garchi o‘yin Angliya janubida emas, Manchesterda o‘tkazilgan bo‘lsa-da, bu aniq va tiniq eshitildi.

Ikkinchi bo‘limda Ten Xag Ronalduni maydonga tushirdi. Natijada Eriksen yarim himoyaga tushirildi. Keyinchalik hatto van de Bek ham maydonda paydo bo‘ldi. Maydon markazida birdaniga dispetcher vazifasini bajaradigan uchta futbolchi bor edi: Brunu, Eriksen va van de Bek. “Manchester Yunayted” o‘yinni qaytarib ololmadi, biroq bitta gol urdi. Aniqrog‘i, “Manchester Yunayted” emas, mehmonlarning o‘zi avtogol kiritishdi.

Maydonda va VARda bir nechta muhim qarorlar “MYU” foydasiga qabul qilindi. Birinchi bo‘limda MakTominay raqibning oyog‘iga butsaning ostgi qismi bilan jarohat yetkazishi mumkin edi. Shotland birinchi navbatda to‘pga o‘ynadi, ammo bunday hollarda hakamlar vaqti-vaqti bilan qizil kartochka ko‘rsatadilar.

Lekin nima uchun ikkinchi bo‘limda "Manchester Yunayted" darvozasiga penalti belgilanmagani sir bo‘lib qoldi. Martines Uelbekni orqtdan turtib yubordi va to‘pga tegmadi. "Qanday qilib bu "Brayton" foydasiga penalti emas? - deb yozdi darhol Jon Terri.

Bundan tashqari, ingliz ijtimoiy tarmoqlarida Ten Xagni tobora ko‘proq “tenth” deb atalayotganini ko‘rish mumkin. Ingliz tilida bu "o‘ninchi" degan ma’noni anglatadi. Bu joyda “Manchester Yunayted”ning 1992/1993 yilgi mavsumdagi yomon natijasiga ishora bor. Ya’ni jamoa o‘sha mavsumda 10-o‘rinni egallagandi.

Kiritildi: 14:37, 08.08.2022.
O'qildi: 3837 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.