Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Faoliyatini 2021 yilda yakunlagan Koentrau 1 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Faoliyatini 2021 yilda yakunlagan Koentrau 1 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Himoyachi Fabiu Koyentrau Portugaliyada bir o‘yinga diskvalifikasiya qilindi. Shuningdek, 34 yoshli portugaliyalik 850 yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Sobiq "Rio-Ave" futbolchisi 2021 yil 13 aprelda bo‘lib o‘tgan “Boavishta”ga qarshi o‘yindagi xatti-harakati uchun jazolangan. Tartib-intizom qo‘mitasi 486 kundan so‘ng yakuniy qarorni qabul qilib, futbolchini jarohat yetkazish va futbolchini haqorat qilishda aybdor deb topdi.

Koyentrauning o‘zi 2021 yilning yozida professional faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Hozir u Vila-do-Kondida yashaydi va baliqchilik bilan shug‘ullanadi.

“Sportchining kasbiy vazifalarini bajarishni to‘xtatganligi uni sodir etgan intizomiy huquqbuzarliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortish imkoniyatini olib tashlamaydi”, — deyiladi tartib-intizom qo‘mitasi xabarida.

Kiritildi: 07:45, 10.08.2022.
O'qildi: 2575 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик