Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Oltin to‘p»: kimning nomzodi eng ko‘p e’tirof etilgan?

«Oltin to‘p»: kimning nomzodi eng ko‘p e’tirof etilgan?

Baho:
+ | -

Bugunga qadar futbol olamida individual sovrinlar ichida «Oltin to‘p» eng oliysi sifatida qaraladi. Buni oldin ham ta’kidlab o‘tgan edik. 1956 yildan to hozirga qadar unga 25 futbolchi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, ularning 10 tasi bir martadan ko‘p yutishga erishgan. Ha, uni qabul qilib olish – oliy sharaf. Ammo sovrin uchun nominant bo‘lish ham oson emas. Quyida «Oltin to‘p»ga nomzodi eng ko‘p qo‘yilgan futbolchilar haqida gaplashamiz.

Iker Kasilyas – 8 marta

2000 yillarda dunyoda ikki darvozabon kurashi kechdi. Ulardan biri Janluiji Buffon edi. Ikkinchisi esa ispan afsonasi. Ular klub miqyosida ham, xalqaro maydonda ham tengma-teng kurash olib bordi. Ammo Iker Kasilyas bu borada o‘ziga xos ko‘rsatkichlarga ega edi.
(Shuningdek, Zidan, Runi, Drogba)

Tyerri Anri – 9 marta

Qanday qilib, APL tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri «Oltin to‘p»ni qo‘lga kirita olmaganiga hayronmiz. Ammo unga 9 marta nomzod bo‘lgani, ko‘p narsani anglatadi. Anri baribir o‘z davrining takrorlanmas mumtoz hujumchisi edi.
(Shuningdek, Eto'o va Neymar)

Karim Benzema – 10 marta

Benzema ko‘pchilik tomonidan Ronalduning eng yaxshi assisteni bo‘lib yodimizda qolgan. Ammo u davr ortda qoldi. Bugun uning o‘zi katta natijalarga erishmoqda. Hozirgacha sovrin topshirish marosimida 10 marta nomzod sifatida ishtirok etgan futbolchi, bu safar marrani zabt etishga juda yaqin turibdi!

Zlatan Ibragimovich – 11 marta

Shunday katta fenomenning eng katta omadsizligi Messi va Ronaldu erasida to‘p tegani edi. Zlatan ularsiz hech bo‘lmasa bir marta «Oltin to‘p»ni olgan bo‘lardi. Shunga qaramay, 40 yoshli hujumchi 11 marta unga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
(Shuningdek, Buffon)

Yoxan Kroyf – 12 marta

Taktika, afsonaviy lahzalar, jamoalar va sovrinlarni hisobga olganda, Kroyfga futbol tarixidagi eng katta ta’sirga ega shaxs sifatida qarash mumkin. «France Football» bekorga uni Pele va Maradonadan keyingi uchinchi shaxs sifatida ko‘rsatmagan edi.
(Shuningdek, Bekenbauer)

Paolo Maldini – 13 marta

Maldini hamda Baresi juftligi o‘z vaqtida 104 ta bahsda atigi 2 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu esa ularning o‘z ishini qanchalik ustasi ekanini ko‘rsatadi. Maldini haqiqatdan ham ikki dekada davomida eng yaxshi himoyachilar ichida e’tirof etiladi. Buni uning 13 marta «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lganida ham ko‘rish mumkin.


Lionel Messi – 15 marta

Bir paytlar «Barselona» asosiy tarkibiga qiynalmay, bir necha yil ichida kirib olgan futbolchi, «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lish borasida Ronaldudan keyingi o‘rinda turadi. Ammo Messi uni olish borasida mutlaq yetakchidir.

Krishtianu Ronaldu – 17 marta

Ronaldu futboldan ketguniga qadar unda kamida 20 marta bu sovringa nomzod bo‘lish imkoni saqlanib turibdi. Bu esa Ronalduning ikki dekada davomida dunyoning eng yaxshi 30 ta futbolchisidan biri bӯlishi mumkin ekanini anglatadi. Shunchaki, dahshat!!!

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:08, 12.08.2022.
O'qildi: 3322 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.