Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

1992 yildan beri ilk bor 20 o‘rin, so‘nggi 101 yil ichidagi eng yomon start, keyingi raqib – "Liverpul"!

1992 yildan beri ilk bor 20 o‘rin, so‘nggi 101 yil ichidagi eng yomon start, keyingi raqib – "Liverpul"!

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 30 yilligi nishonlanayotgan bir paytda "MYU" uch dekadada o‘zining eng yomon startini o‘tkazdi. Shu sababli jamoa 1992 yildan beri ilk marta liganing eng quyi pog‘onasida turibdi. Yillar davomida "Manchester Yunayted" ko‘plab qiyin davrlarni boshdan o‘tkazgan, albatta. 30 yil ichida esga olishga arziydigan jamoa uchun sharmandali voqealar bo‘lib o‘tgan. Quyida shunday o‘yinlardan bir nechtasini eslab o‘tmoqchimiz.

1999 yilda "Chelsi" maydonida 5-0 hisobida "qizil iblislar" imkoniyatni boy beradi. 2009 yilda esa o‘z uyida 4-1 hisobida "Liverpul"dan mag‘lubiyat qabul qilib olinadi. 2011 yili hamshahar jamoa bo‘lmish, "Manchester Siti" "MYU"ni 6-1 hisobida dog‘da qoldirgan. Aynan shunday natija 2020 yilda "Tottenxem" bilan o‘yinda ham qayd qilingan. Buyam yetmagandek, o‘tgan mavsumda "Liverpul"ga qarshi ikki davra o‘yini natijasiga ko‘ra, 9-0 hisobi qayd etilgan. Biroq...
Biroq, "MYU"dek jamoaning "Brentford"ga 4-0 hisobida uchralgan mag‘lubiyati, yuqoridagi qora kunlardan ham o‘tib tushdi. Eng alam qiladigani, raqib qandaydir "Brentford" edi. 35 daqiqa ichida 4 ta gol qabul qilib olinsa va eng yomoni, bu mavsumning endigina 2 o‘yinida ro‘y bersa, bu qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir.

Raqib jamoa "Brentford" o‘z o‘yinini qildi. Tan olish kerakki, ular "MYU"oldida ancha aqlli va tezkor ko‘rindi. Lekin "arilar" nima bo‘lgan taqdirda ham yangi jamoa. Ular APL havosidan nafas ola boshlaganiga endigina 1 yil bo‘ldi. "MYU" esa APL bilan birga yuksalgan. Jamoalar orasidagi tafovutni taqqoslash uchun "Old Trafford"ning birgina "Ser Aleks Fergyuson" nomiga qo‘yilgan tribunasiga "Brentford"ning butun boshli stadioni sig‘imidan ko‘ra ko‘proq odam ketadi. O‘sha stadionga tashrif buyurgan "MYU" muxlislari esa qo‘rqinchli tushni guvoh bo‘lishdi. Ularda "jamoamiz qachon bunday ahvolga tushayozdi?" degan o‘rinli savol paydo bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas.

Erik ten Xagning bugungi tarkibida muammolar borligi haqiqat. Klub bir necha oydan beri Frenki de Yongni sotib olishg qiynalmoqda. To‘g‘rida, bunday parokanda jamoaga kim ham kelishni istardi. Garchand, u 20 karra Angliya chempioni bo‘lgan bo‘lsa ham.
Ronaldu, Eriksen, Fernandesh kabi katta nomlar hozirda katta ish qilishga qodir bo‘lmay turibdi. Aynan shu sababdan ham klub qiyin ahvolda qoldi. Kamiga, 3-tur "Liverpul"ga qarshi kechadi. Bu o‘yindan esa hatto 1 ochko olishning imkoni deyarli yo‘q. Harxolda, bugungi "MYU" bunga qodir emas. Qisqacha aytganda, jamoa qayta qurilishga muhtoj. Bu esa ma’lum vaqtni talab etadi.

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:22, 15.08.2022.
O'qildi: 3736 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.