Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Bogdan Milich: «Bunday ishqibozlar qarshisida har qanday raqibni tiz cho‘ktirish mumkin»

Bogdan Milich: «Bunday ishqibozlar qarshisida har qanday raqibni tiz cho‘ktirish mumkin»

Baho:
+ | -

“Andijon” klubining chernogoriyalik hujumchisi Bogdan Milich “Turon”ga qarshi chempionat doirasidagi bellashuvda g‘alabaga munosib hissasini qo‘sha oldi. Tajribali futbolchi mazkur o‘yindan olgan taassurotlarini quyidagicha bildirdi.

“Bizga bu o‘yinda ochkolarni qo‘lga kiritish juda muhim edi. Asosiysi, Superligaga chiqish yo‘lidagi bosh raqibni dog‘da qoldirdik. To‘g‘ri, o‘yinning qaysidir jabhalarida xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishimiz mumkin. Buni tahlil davomida ko‘rib chiqamiz.

Endi aynan Kubok doirasida yana “Turon”ga qarshi maydonga tushishga hozirlik ko‘ramiz. Kubok uchrashuvida ham bu raqibni dog‘da qoldirishga harakat qilamiz.

Uchrashuvning oxirgi daqiqalariga kelib bizda charchoq alomatlari sezilib qoldi. Shu bois ikki-uch marta xatolarga yo‘l qo‘ydik. Gol o‘tkazib yuborishimiz ham hech gap emasdi. Baxtimizga omad bizga kulib boqdi.

Bizga ishqibozlar juda katta yordam berishdi. Men jiddiy aytyapman. Stadiondagi muhit O‘zbekistondagi eng yaxshisi. Haligacha bunday ishqibozlarni Superligada ham, pro ligada ham ko‘rmagandim. Qanday ta’riflashni ham bilmayman.

Shunchaki, stadiondagi muhit ta’riflab bo‘lmas darajada. Ular so‘nggi soniyalargacha bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Har bir uchrashuvda yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz hamda g‘alaba qozonishimiz uchun to‘liq qo‘llab-quvvatlab kelishyapti va ular bizning 12-o‘yinchimiz. Darhaqiqat bizga kuch bag‘ishlashdi. Bunday ishqibozlar qarshisida har qanday raqibni tiz cho‘ktirish mumkin”, - dedi Milich.

"Andijon" matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:01, 15.08.2022.
O'qildi: 2868 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик