Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

"Manchester Yunayted" so‘nggi bir yil ichida nechta nishonidan ayrilganini bilasizmi?

"Manchester Yunayted" so‘nggi bir yil ichida nechta nishonidan ayrilganini bilasizmi?

Baho:
+ | -

Bilasizmi, bugungi kunga kelib, "MYU" ko‘plab futbolchilarning orzusidagi klubga aylanmay qoldi. Endilikda, ular oldingidagidek mashhur qizil libos bilan "Old Trafford"da yurishni istamayotir. Buning misolini hatto Adrian Rayoning jamoaga kelishni istamaganida ham ko‘rishimiz mumkin. Quyida, "Manchester Yunayted" so‘nggi 12 oy ichida nechta "nishon"idan ayrilgani haqida gaplashamiz.

Vaqt o‘tgan sari futbol yulduzlari "Bavariya", "Real", "Liverpul" kabi jamoalarni afzal ko‘ra boshladi. Dastlab, Erik ten Xagga yaqin futbolchilardan boshlasak. "Ayaks" futbolchisi Yurriyen Timber "Old Trafford"ga o‘tishi mumkin bo‘lgan yulduz edi. Ammo Niderlandiya terma jamoasi ustozi Lui van Gal uni bu niyatdan qaytaradi. "MYU" ko‘p o‘tmay, "Chelsi"dan Antonio Ryudiyerni olib kelishni o‘ylay boshladi. U tekin edi. Ammo germaniyalik futbolchi "qirollik klubi"ni afzal ko‘rdi. Ten Xagning "Ayaks"da yetishtirgan shogirdlaridan biri – Matteys de Ligt "MYU" uchun anchadan beri nishon edi. Ammo niderlandiyalik futbolchi "Bavariya"ga yo‘l oldi. Angliya terma jamoasi yulduzi Kalvin Fillips "Old Trafford"ga o‘tishi borasida takliflar oladi. Ammo yarim himoyachi "Lids"ga sodiq qolish maqsadida ("Lids" va "MYU" o‘rtasida kuchli dushmanlik borligini bilasiz) "Manchester Siti"ni tanladi.

"Qizil iblislar" bu yozda eng katta maqsadi bo‘lgan Frenki De Yongga yetishishga harakat qilmoqda. Ammo niderlandiyalik futbolchi "Barselona"da qolishga tish-tirnog‘i bilan kurashmoqda. Rabyo ham katta maoshi sababli "MYU" futbolchisi bo‘lgisi kelmadi. Kingsli Koman esa "Bavariya" bilan yangi bitim tuzdi. U ham "MYU" qiziqishlari doirasida edi. Hujumchi borasida ham "Manchester Yunayted" muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoa "Zasburg" vakili Benjamin Sheshkoni olib kelmoqchi edi. Ammo u 2023 yilda "Leypsig"ga o‘tish sharti bilan Avstriyada qoladigan bo‘ldi.

Qishda "Liverpul" bilan Darvin Nunyes borasida kurash olib borgan "MYU", yengildi. U hozir mersisaydliklar safini to‘ldirgan. Eng alam qiladigani "MYU" rahbariyati bir necha yildan beri sobiq "BVB" hujumchisi Erling Xoland transferini orzu qilayotgan edi. Ammo norveg "qizil iblislar" o‘rniga, ularning mahalliy raqibi bo‘lgan "shaharliklar"ni tanladi. Ming afsus...

Mayli, uni-buni qo‘ya turaylik. Yuqorida sanalgan futbolchilar o‘zga klub vakillari edi va shunday bo‘lib qoldi. Hozir, hatto "Manchester Yunayted" futbolchisi, klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Din Xenderson ham klubda o‘ynashni istamasligini ochiq aytmoqda. U "Nottingem Forest"ga ijaraga ketishidan avval shunday degandi: "Men, bosh murabbiy meni mashg‘ulotlarda ko‘rishini istamasdim. Chunki u meni jamoada saqlab qolib, yana zaxiraga mixlab qo‘yishi mumkin edi. Shu sabab klub rahbariyatiga o‘z niyatimni ochiq bayon qildim va men futbol o‘ynashni xohlashimni, zaxirada umrimni sarflashni istamasligimni aytdim. Shu sababli jamoaga yangi murabbiy kelgunga qadar, boshqa klubga yo‘l oldim".
Bundan ko‘rinib turibdiki, "Manchester Yunayted" allaqachon o‘zining oldingidek jozibadorligini yo‘qotgan.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 20:28, 19.08.2022.
O'qildi: 3454 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.