Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Yuventus" Messining jamoadoshini sotib olishga yaqin turibdi

"Yuventus" Messining jamoadoshini sotib olishga yaqin turibdi

Baho:
+ | -

Turinning "Yuventus" klubi yana bir transferga yaqin turibdi. Football-Italia nashriga ma’lum bo‘lishicha, "PSJ"da o‘ynayotgan argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredes Italiya grandi bilan mehnat shartnomasi imzolashga bir qadam qolgan.

Manbaga ko‘ra, tomonlar futbolchini qayta sotib olish huquqi bilan ijaraga berishga kelishib olgan. Paredes allaqachon turinliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan.

28 yoshli yarim himoyachi 2019 yilning yanvarida Sankt-Peterburgning "Zenit" klubidan "PSJ"ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Fransiya chempionatining yangi mavsumida Leandro uchta uchrashuv o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:07, 25.08.2022.
O'qildi: 1739 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик