Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ramosni markaziy himoyachi bo‘lishga majbur qilgan "Real" afsonasi

Ramosni markaziy himoyachi bo‘lishga majbur qilgan "Real" afsonasi

Baho:
+ | -

Futbol maydonida Michel Salgado ko‘zga tashlanmaydigan qahramon edi va undan tashqarida ham u umuman e’tiborni jalb qilmagan. Ayni paytda u "Real Madrid"ning afsonaviy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Michel Salgado Galisiyaning Pontevedra provinsiyasidagi As Neves kichik shaharchasida tug‘ilgan. U mahalliy Kristo Viktoriya klubining bolalar jamoasida futbol o‘ynashni boshlagan va 17 yoshida Galisiyaning asosiy klubi akademiyasiga chaqirilgan.

"Selta"

1995-1999 yillar

Salamanka - 1996-1997.

1995 yilning yanvarida Michel Salgado "Selta Vigo" safida debyut qildi va mavsum oxirigacha 15 ta o‘yinda maydonga tushdi. U keyingi mavsumni ham rotasiya o‘yinchisi sifatida o‘tkazdi, shundan so‘ng u ikkinchi divizionda o‘ynagan Salamankaga ijaraga yuborildi.

Salgado u yerda kamol topdi, ajoyib o‘yin ko‘rsatdi va jamoaga yordam berdi. Shundan so‘ng "Selta" Salgadoni ortga qaytardi va u ikkita ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Aynan o‘sha paytda u yerda Valeriy Karpin, Aleksandr Mostov, Klod Makelele bilan o‘ynagan edi.

Ikki yil ketma-ket “Selta” Ispaniya chempionatida 6-o‘rinni egalladi, biroq Salgado jamoa bilan hech qanday yutuqqa erisha olmadi. Himoyada ham, hujumda ham o‘ynay oladigan tezkor texnik o‘ng qanot himoyachisi Ispaniyaning yetakchi klublarinining e’tiborini tortgan.

"Real Madrid”

1999-2009 yillar

Salgado darhol “qirollik klubi”ning asosiy tarkibidan joy oldi. Birinchi mavsumda u 50 ta o‘yin o‘tkazdi va Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi. Salgadoni shu zahotiyoq "Real Madrid" muxlislarini yoqtirib qolishdi. Bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan himoyachi butun o‘yinning o‘ng tomonini o‘ziniki qildi, sheriklariga himoyada yordam berdi va hujumlarni bog‘landi.

Yetti mavsum davomida Salgadoning "Real Madrid" himoyasi qanotidagi o‘rni shubhasiz edi. Biroq jamoaga Serxio Ramos kelishi bilan Salgado tez-tez zaxirada qola boshladi. Ammo u jamoaga foyda keltirdi va Ramos markaziy himoyachi o‘rnini egallashga majbur bo‘lgach, Salgado maydonga odatdagidek asosiy tarkibda tushdi.

Umuman olganda, Michel Salgado "Real" safida 343 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan. U "qirollik klubi" tarkibida barcha sovrinlarini qo‘lga kiritdi.

"Blekbern Rovers"

2009-2012

33 yoshida Michel Salgado kutilmaganda “Blekbern” bilan shartnoma imzoladi. Bu yoshda o‘yinchilar odatda Yaqin Sharq, Xitoy yoki MLSga jo‘nab ketishadi.

Faxriy 2010-2011 yilgi mavsumni ayniqsa omadli yakunladi, 38 ta o‘yin o‘tkazdi, shundan 36 tasi APLda! Ammo keyingi mavsumda “Blekbern” chempionshipga tushib ketdi. Michel Salgado esa faoliyatini tugatishini e’lon qildi.

Ispaniya terma jamoasi

1998-2006 yillar

Michel Salgado Ispaniya terma jamoasi safida 53 ta o‘yin o‘tkazgan. Ammo unga termada omad kulib boqmadi: faoliyatining cho‘qqisida bo‘lganidan so‘ng, 2002 yilgi jahon chempionati uchun tarkibga kiritilmadi va jarohati tufayli Yevro-2004ni o‘tkazib yubordi.

U 2006 yilgi Jahon chempionatiga zaxira futbolisi sifatida borgan va Luis Aragones Salgadoni Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichining uchinchi tur o‘yinida maydonga tushirgan.

Shunday qilib, Salgado uchun terma jamoa miqyosidagi yagona to‘laqonli turnir 2000 yilgi Yevropa chempionati bo‘lib, unda ispanlar chorak finalda Fransiya jamoasiga mag‘lub bo‘lishgan edi.

Michel Salgado futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng o‘zini murabbiy sifatida sinab ko‘rdi, ammo u Misr terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlashdan nariga o‘tmadi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:25, 25.08.2022.
O'qildi: 3287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик