Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

"Liverpul" yarim himoyasini "tiriltirishi" mumkin bo‘lgan to‘rt futbolchi. Ular kimligini bilasizmi?

"Liverpul" yarim himoyasini "tiriltirishi" mumkin bo‘lgan to‘rt futbolchi. Ular kimligini bilasizmi?

Baho:
+ | -

"Liverpul" yarim himoyasi ayni damda ancha ayanchli ahvolga tushib qolgan. Jamoa maydon markazini kuchaytirishi lozim. Ammo Yurgen Klopp jamoasida kadrlar yetishmovchiligi mavjud. Quyida o‘z jamoasida muvaffaqiyat qozongan va yangi klublarga transfer qilingan bir nechta futbolchi haqida gap boradi. Ular sotib olinganda, katta ehtimol bilan "Liverpul" maydon markaziga ham juda foydali bo‘lardi.

Vitinya ("Portu"dan "PSJ"ga)

Yaqin o‘tmishda mersisaydliklar Portugaliya chempionatidan xaridlarni amalga oshirdi. Hujumchilar, Luis Dias hamda Darvin Nunyes aynan Ronalduning vatanidan keltirildi. Ammo "Liverpul" maydon markazi uchun yana bir foydali futbolchi aynan Portugaliyada bor edi. Ammo u hozirda "PSJ" vakiliga aylandi. Bir necha hafta oldin "Portu"dan "PSJ"ga yo‘l olgan Vitinya, o‘z harakatlari bilan Tiago Alkantaraga tenglashtirilgan edi. 22 yoshli futbolchi 40 million funt evaziga parijliklar safini to‘ldirgan. "Liverpul" esa shunday iqtidorni qo‘ldan chiqardi.

Brunu Gimaraynsh ("Lion"dan "Nyukasl"ga)

Yanvar oyida Angliyaga yo‘l olgan futbolchi, "Nyukasl"ning yangi rahbariyati tomonidan amalga oshirilgan ilk eng atta xarid edi. Brunu ham Vintinya kabi 40 millionga xarid qilingan. Biroq, farqli ravishda uning jamoasiga ta’siri o‘ta yuqori bo‘ldi. Braziliya terma jamoasi a’zosi 24 yoshda va juda ham iqtidorli futbolchi. U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida "qarg‘alar" safida 1034 daqiqa harakat qilib, 5 ta gol urishga erishdi. Gimaraynsh maydon markazida 6 yoki 8 raqamli futbolchi vazifasini yaxshi bajaradi. Bu esa Klopp jamoasiga kerak jihatlardan biridir. Balki "Liverpul" keyingi mavsumlarda uni sotib olar. Harxolda, Brunu hali yosh va umidli.

Mateush Nunyes ("Sporting"dan "Vulverxempon"ga)

Yozning eng so‘nggi xaridlaridan biri bo‘lgan Nunyes, hammani hayratga solib, "Vulverxempton"ga o‘tib ketdi. "Hayrat" so‘zining ishlatishimizga sabab, 24 yoshli yarim himoyachiga yoz bo‘yi "Liverpul" qiziqish bildirib kelayotgandi. Endi esa Nunyes APLda "Liverpul"ga qarshi kurashadi. Uning "bo‘rilar"ga tegadigan foydasi juda ham baland bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Chunki Nunyes uchun ozmuncha xarajat qilinmadi (38 million funt).

Rodrigo Bentankur ("Yuventus"dan "Tottenxem"ga)

Qishda qilingan transferlardan yana bir bu Bentankurning ko‘chishi edi. U Turindan Londonning "Tottenxem"iga keldi. "Shporlar" urugvaylikni 20 million funtga xarid qilgandi. 25 yoshli futbolchida o‘yinni va to‘pni nazorat qilish borasida boy tajriba mavjud. Antonio Konte undan YECHL bahslarida unumli foydalanishi kutilmoqda. Ammo "Liverpul" Bentankurni xarid qilishi mumkin edi. Chunki mersisaydliklar raqibdan to‘pni olib qo‘yib, uni hujum chizig‘iga yetkazib beradigan futbolchiga kuchli muhtojlik sezmoqda. Ammo yuqoridagi variantlardan hech biri "Liverpul" rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmadi. Endi esa jamoaga yarim himoyachi kerak.

 

 

ISMATOV J.

Manba: liverpool.com
Kiritildi: 12:12, 29.08.2022.
O'qildi: 5472 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.