Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Vertolyotda nonga borgan Levandovski. Yulduz futbolchilarning g‘alati harajatlari

Vertolyotda nonga borgan Levandovski. Yulduz futbolchilarning g‘alati harajatlari

Baho:
+ | -

 “Olmos to‘p” va mushuk bu ro‘yxatdagi eng katta g‘alati narsalar emas. Shunchaki bir-biridan qiziqarli harajatlar bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin.

Mushuk Ronaldu shaxsiy samolyotda uchadi

Ronalduning Pepe ismli mushuki o‘tgan yili nohushlikka uchradi va Krishtianu uni shaxsiy samolyotida davolash uchun Madridga yuborishga qaror qildi. Ko‘plab insonlar samalyotda uchishni orzu qiladi. Ammo Ronaldu sabab mushuklar ham parvozni boshlab yuborgan.

Levandovski vertolyotda nonga borgan

Polsha qishlog‘ida dam olayotganda, Levandovski non uchun mashinada emas, balki vertolyotda borishga qaror qildi. 30 kmlik yo‘lni Leva osmonda o‘tkazgan. Nonning narxi bizdagidek bo‘lsa mayli. Agar arzon bo‘lsa, aniq safar harajatlarini qoplamaydi.  

Obameyangga rinstonesli butsalar yoqadi

Gabonlik asl sifati butsalarni yaxshi ko‘radi va uning kolleksiyasida Swarowski kristallari bilan bezatilgan bir nechta juftlari bor. Bularni kiyib futbol o‘ynab bo‘lmaydi. Maylida, pul ko‘p bo‘lsa, nimagadir ishlatish kerak-ku.

Messi shovqinli qo‘shnilarni yoqtirmasdi

Leo oilasi bilan Barselonada yashaganida, uning qo‘shnilari juda ko‘p shovqin ko‘tarishar edi. Messi muammoni tubdan hal qildi - u shunchaki ular yashaydigan uyni ham sotib oldi. Bizda esa bunday holatga atalgan bir naql bor “ uy olma qo‘shni ol!”

Neymar 1 million dollarga ikkita surat sotib olgan

Neymar zamon bilan hamnafas, shuning uchun u NFT suratlariga katta pul sarflagan. To‘g‘ri, ikkita noyob virtual tasvirga 1 million dollar to‘lash ahmoqlik. 1-2 oy kutganida shunga rasmlarni Google orqali tekinga yuklab olsa bo‘lardi. Salgina sifatsizroq formatda. Har qalay tekin.

Benzema uchun olmosli to‘p

Umumiy og‘irligi 1250 karat bo‘lgan 72 ming tosh - va bu go‘zallikning barchasi oddiy futbol to‘pini bezatadi. Uning uchun "Real Madrid" yetakchisi 250 ming dollar bergan. Mabodo Benzema “Oltin to‘p”ni qo‘lga kirita olmasa xafa bo‘lmasligi kerak. Ahir unda yanada qimmatliroq to‘p bor.

Ramos va Modrich bronza chumolilarga pul sarflashgan

Ramos uzoq vaqtdan beri zamonaviy san’atga qiziqadi, shuning uchun u bir vaqtning o‘zida o‘zi va oilasi uchun Ishiwut’dan bir nechta bronza chumolilarni sotib oldi. Balki u Modrichni bu g‘alati haykalni sotib olishga undagandir. O‘sha paytlar Ramos Modrich va “Real” uchun sardor edi. 

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:57, 29.08.2022.
O'qildi: 4486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.