Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman! Kavani La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi (foto)

Rasman! Kavani La Liga klubi bilan shartnoma imzoladi (foto)

Baho:
+ | -

Hujumchi Edinson Kavani faoliyatini “Valensiya”da davom ettiradi. Ispan klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 35 yoshli urugvaylik futbolchi klub bilan shartnoma imzoladi.

Oldinroq tomonlar “1+1” sxemasi bo‘yicha kelishuv tuzishlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Kavanining so‘nggi jamoasi "Manchester Yunayted" bo‘lib, futbolchining shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga yetgan. Forvard erkin agent maqomida "ko‘rshapalaklar" bilan shartnoma imzoladi.

O‘tgan mavsumda Kavani "qizil iblislar" safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 01:12, 30.08.2022.
O'qildi: 3549 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик