Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya klubi "Spartak" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

A Seriya klubi "Spartak" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Spartak" klubi hujumchisi Shamar Nikolson faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirish imkoniyatiga ega.

Insayder Janluka di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, "Salernitana" yamaykalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. A Seriya klubi Nikolsonni transfer bozoridagi asosiy nomzodlardan biri deb hisoblamoqda. Klubning short-listida ukrainalik Artyom Dovbik va Kshishtof Pyontek ham bor. Ro‘yxatdagi futbolchilardan biri joriy transfer oynasida "Salernitana" safiga qo‘shiladi.

Rossiya Premyer-ligasining joriy mavsumida Nikolson beshta uchrashuv o‘tkazdi va ularda gol urmadi.

Kiritildi: 09:33, 31.08.2022.
O'qildi: 890 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик