Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

"Andijon" o‘zining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi

"Andijon" o‘zining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi

Baho:
+ | -

Pro Liga peshqadami bo‘lib turgan "Andijon" jamoasi o‘zining avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

"Zukko muxlislarimiz yaxshi bilishadiki, har oyda jamoamizning eng yaxshi futbolchisini aniqlab kelmoqdamiz.

Albatta, bunda siz aziz muxlislarning so‘rovingiz muhim ahamiyat kasb etmoqda. Faqat iyul oyida chempionatimizda tanaffus bo‘lib, asosan yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari sababli rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilmadi.

Avgust oyidan boshlab pro ligada chempionat yana davom ettirilmoqda.

O‘tgan oyda “Andijon” 4 ta o‘yin o‘tkazdi va barcha raqiblarini “Bobur Arena”da qabul qildi. E’tiborlisi, hamma o‘yinda jamoamiz g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Har bir uchrashuvdan keyin telegram tarmog‘idagi rasmiy sahifamiz orqali eng yaxshi futbolchi nominasiyasida so‘rov o‘tkazib kelinmoqda. Natijada oy yakuniga kelib, tashkil etilgan 4 ta o‘yindagi futbolchilaring to‘plagan umumiy ovozlari hisoblab chiqildi.

Unga ko‘ra, jamoamizning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi – bu yana bir bor Shahboz Erkinovga nasib qildi.

Yodingizda bo‘lsa, tajribali hujumchi may oyida ham jamoamizning eng yaxshi o‘yinchisi degan nomga sazovor bo‘lgandi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamoamiz safida oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish uchun kurash juda qizg‘in kechdi. Aslida har bir futbolchimiz g‘alabaga munosib hissasini qo‘shdi. Shuning uchun ham avgust oyini muvaffaqiyatli o‘tkaza oldik. Faqatgina muxlislarning umumiy so‘rovi bo‘yicha bu gal ham Erkinov eng ko‘p ovoz to‘pladi – 1468.

Avgust oyi yakunlari bo‘yicha so‘rovnomada kuchli beshtalik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Shahboz Erkinov - 1468
2. Farhod Sohibjonov - 1148
3. Goran Miloyko - 1048
4. Muhammadkarim Toirov - 924
5. Suhrob Berdiyev – 840

Bugun jamoamizning navbatdagi mashg‘uloti oldidan bosh murabbiy Viktor Kumikov oyning eng yaxshi futbolchisiga atalgan maxsus statuetkani Shahboz Erkinovga topshirdi" - deyiladi andijonliklarning matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan bayyonotda.

Kiritildi: 21:51, 01.09.2022.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик