Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted

O‘runov "Ural"ga o‘tmoqda. Buni klubi prezidenti tasdiqladi

O‘runov "Ural"ga o‘tmoqda. Buni klubi prezidenti tasdiqladi

Baho:
+ | -

"Spartak" bilan shartnomasini bekor qilgan hamyurtimiz Oston O‘runov "Ural"ga o‘tadi.

"RB Sport" xabariga ko‘ra, yarim himoyachi tez orada "Ural" bilan shartnoma imzolaydi. Bugun yoki ertaga O‘runov Yekaterinburgga uchishi kerak.

Bu ma’lumotni "Ural" prezidenti Grigoriy Ivanov ham tasdiqladi.

"Agar shartnomani imzolasak, keyin imzoladik deymiz. Bizning bazamizda paydo bo‘lganda, biz ko‘ramiz. Muzokaralar olib bordik. Shunday ekan, kutamiz.

- Qachongacha imzolashni rejalashtiryapsiz?

- U qanday holatda bo‘lishini bilmayman. Murabbiy birinchi navbatda uni ko‘rishi kerak. Hozircha, agar u rostdan ham tarkibda o‘ynasa, bir yarim mavsumni rejalashtiryapmiz. Lekin aniq ayta olmayman. U hozir qanday formada ekanligini bilmaymiz. U terma jamoada o‘ynagan bo‘lsada, ko‘p o‘ynamadi.

- Bugun yoki ertaga kelishi kerakmi?

- Ha, bugun yoki ertaga", - dedi Ivanov.

Bugun "Spartak" O‘runov bilan shartnomani tomonlar kelishuviga ko‘ra bekor qilganini e’lon qildi. Oston 2020 yilda Moskva klubi safida 9ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan, keyin esa “Ufa”da ijara asosida o‘ynagan.

Kiritildi: 14:48, 02.09.2022.
O'qildi: 2510 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.