Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

"Chelsi" Alvares variantiga qishda qaytadi

"Chelsi" Alvares variantiga qishda qaytadi

Baho:
+ | -

"Chelsi" yana bir bor "Ayaks"ga meksikalik yarim himoyachi Edson Alvaresni sotib olish uchun murojaat qilishi mumkin. Bu haqda niderlandiyalik jurnalist Mayk Vervey o‘zining podkastida xabar berdi.

Insayder xabariga ko‘ra, har ikki klub ham bo‘lajak qishki transfer oynasida meksikalik futbolchining "aristokratlar" lageriga o‘tishini rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralarga kirishishga tayyor.

Aniqlik kiritilishicha, yarim himoyachining o‘zi uning transferi shu yozda amalga oshmaganidan juda xafa bo‘lgan, ammo endi u bor e’tiborini "Ayaks"da o‘ynashga qaratishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, transfer oynasining so‘nggi soatlarida "Chelsi" yarim himoya chizig‘ida faol ravishda kuchaytiruvchilar qidirayotgan edi. Alvaresdan tashqari PSV himoyachisi Ibrohim Sangarening nomi ham tilga olingandi, ammo yakunda London klubi shveysariyalik yarim himoyachi Denis Zakariyaning "Yuventus"dan ijaraga olingani haqida ma’lumot berdi.

Kiritildi: 04:48, 03.09.2022.
O'qildi: 1516 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик