Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Viktor Kumikov: "O‘ynadik, yugurdik, harakat qildik, ammo natija bo‘lmadi"

Viktor Kumikov: "O‘ynadik, yugurdik, harakat qildik, ammo natija bo‘lmadi"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichida bo‘lib o‘tgan “Andijon” – AGMK (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Kumikov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Afsuski, biz Kubokda keyingi yurishimizni davom ettira olmadik. Bir qator golli imkoniyatlarga ega bo‘lsak-da, bundan samarali foydalana olmadik. O‘ylaymanki, o‘yinchilarimizga katta mahorat yetishmadi. Ko‘rinib turibdiki, ular Superliga jamoasi, biz esa pro ligadamiz. Baribir biroz bo‘lsa ham farq bilindi. Yetarlicha imkoniyat bo‘lsa-da, 5-6 ta vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Xullas, o‘ynadik, yugurdik, harakat qildik. Ammo natija bo‘lmadi. Qayerdadir darvozabon yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Jamoasini muqarrar goldan saqlab ham qoldi. Yana qaysidir vaziyatda esa o‘zimiz gol ura olmadik.

— Bugun maydonda Superliga bilan pro liga jamoalari o‘ynadilar. Ligalar o‘rtasidagi farqni sezdingizmi?
— Albatta, farq sezildi. Kuchli raqibga qarshi to‘p surdik. AGMK oxirgi o‘yinlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, g‘alaba qozonib kelayotgan jamoa hisoblanadi. Agar Superliganing quyiroqdagi jamoalaridan biri bilan kuch sinashganimizda balki boshqacharoq natija bo‘lishi mumkin edi. Bu raqibimiz ancha kuchli ekanligi bilindi. Shu sababli biz biroz qiyinchilikka uchradik. Ko‘rinib turibdi, jamoa tajribali va zarur vaziyatlarda futbolchilar bir-biriga kerakli uzatmalarni amalga oshirishyapti. Bizda to‘p uzatishlardagi xatoliklar bo‘ldi. Pro ligada bizda hammasi yaxshi ketyapti. Ammo Superliga jamoasiga qarshi uchrashuvda jamoamizda muammolar borligi ko‘rindi.

— O‘yinni boshqargan hakamlar brigadasiga nisbatan munosabatingiz qanday? Ikkita vaziyatda penalti berilmagani muxlislar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi...
— Qo‘lga tekkan holati ikki marta emas, uch-to‘rt marta bo‘ldi. Qo‘liga tekkani aniq edi, ammo nimagadir penalti bermadi. Buni men bilmayman, hakamlardan so‘rash kerak. Afsuski, o‘zimiz gol urishimiz kerak edi, qator imkoniyatlarimiz bo‘lgandi. Hattoki, o‘yinning boshidanoq bizda golli vaziyat bo‘lgandi. Bir vaziyatda bosh bilan ham gol urish imkoniyatimiz bor edi. Afsuski, barcha imkoniyatlar yo‘qqa chiqarildi.

— G‘alaba uchun qandaydir mukofot va’da qilinganmidi?
— Kubokni qo‘lga kiritsak va’da qilingandi.

— Farhod Sohibjonov nima uchun almashtirildi?
— To‘g‘risi, Sohibjonov hech narsaga ulgurmay qolgandi. U yoqqa ham, bu yoqqa ham to‘plarga yeta olmayotgandi. Shuning uchun uni almashtirishga qaror qildim. O‘rniga Polvonovni tushirdim. Chunki u havodagi hujumlarda boshi bilan yaxshi o‘ynaydi. Nima qilishim kerak edi? Almashtirmasligim kerakmidi? Axir himoyachini tushirib bo‘lmasa?! Yangi kuchga to‘lgan futbolchini maydonga tushirib o‘yinni o‘zgartirishimiz kerak edi. Ammo bu amalga oshmadi. Biz jamoamizni pro ligaga tayyorlaganmiz. To‘g‘risini aytsam, Superliga klubi bizdan ko‘ra ozgina kuchliroq qildi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 07:33, 04.09.2022.
O'qildi: 1283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик