Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Leypsig" rahbariyati murabbiy natijalaridan norozi. Jamoa 5 bahsda atigi 5 ochko to‘pladi

"Leypsig" rahbariyati murabbiy natijalaridan norozi. Jamoa 5 bahsda atigi 5 ochko to‘pladi

Baho:
+ | -

"RB Leypsig" rahbariyati bosh murabbiy Domeniko Tedeskoni jamoa bosh murabbiyligidan chetlatish haqida o‘ylay boshlashdi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Klub rahbariyati jamoaning natijalaridan nihoyatda norozi va vaziyatni o‘nglash uchun murabbiyni almashtirishga tayyor.

Germaniya chempionatining besh turida “buqalar” bor-yo‘g‘i besh ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 11-o‘rinni band etib turishibdi.

Jamoa so‘nggi o‘yinda Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasiga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

“RB Leypsig” kelasi hafta Chempionlar ligasi guruh bosqichini boshlaydi. Domeniko Tedesko shogirdlari o‘z maydonida Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasini qabul qiladi.

Kiritildi: 14:47, 04.09.2022.
O'qildi: 1561 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик