Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Barselona" rahbariyati qishda jamoadan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilarni aniqlab oldi

"Barselona" rahbariyati qishda jamoadan ketishi kerak bo‘lgan futbolchilarni aniqlab oldi

Baho:
+ | -

Qishda "Barselona" ko‘p maosh oladigan futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.

Qishki transfer oynasida "Barsa" yozda boshlagan ishlarini yakunlamoqchi. Kataloniya klubining asosiy maqsadi yana maoshni kamaytirish bo‘ladi. Yozda jamoaning hozirgi futbolchilaridan hech biri maoshini qisqartirishga rozi bo‘lmagandi. Faqat bir nechta o‘yinchilar - Martin Breytueyt, Miralem Pyanich va Riki Puchning ketishi tufayli maoshni kamaytirish mumkin bo‘ldi.

Qishda "Barselona" eng yuqori maosh oladigan va jamoa murabbiylar shtabi uchun unchalik muhim bo‘lmagan futbolchilar bilan xayrlashmoqchi. Bunda gap yarim himoyachi Frenki de Yong, himoyachilar Jerar Pike va Xordi Alba, shuningdek, hujumchi Memfis Depay haqida ketmoqda.

Ularning barchasi "Barselona"ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari qatoriga kiradi.

Qolaversa, qishda kataloniyaliklar tarkibni muvozanatlashtirmoqchi. Jamoada hozirda beshta markaziy himoyachi va uchta chap qanot himoyachisi bor. "Barsa" direktori Mateu Alemani ushbu pozisiyalarda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarni tark etish ustida ish olib boradi.

Kiritildi: 15:40, 11.09.2022.
O'qildi: 8317 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик