Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ular "Barselona"dan keyin ham "yashash"da davom etmoqda

Ular "Barselona"dan keyin ham "yashash"da davom etmoqda

Baho:
+-1 | -

"Barselona" so‘nggi 20 yil ichida bir-biridan kuchli nomlarni yetishtirdi. Ular dunyo futbolining eng muhim futbolchilariga aylandi. Ammo shunday futbolchilar borki, allaqachon "Barselona" safini tark etgan. Biroq, ular hozirga qadar o‘ynashda davom etmoqda. Quyida shu haqida gaplashamiz.

Aleks Song

Aleks Song "Barsa"da faqat 2 yilgina harakat qilgan. Keyinchalik, u "Vest Xem"ga ijaraga berib yuboriladi. Song hozirga qadar "Rubin Kazan" hamda "Syon" kabi jamoalarda o‘ynadi. Ayni damda esa 35 yoshli futbolchi Jibuti chempionatining "Arta" klubi sharafini himoya qilmoqda.

Ruben

Darvozabon Ruben La-liga o‘yinlarida faqat 2 marta ishtirok etgan xolos. O‘shanda u 19 yosh bo‘lgan. 2004 yilda "Valensiya" hamda "Levante" bilan ikkita o‘yin o‘tkazgan futbolchi, qaytib ko‘rinish bermadi. Ruben 2008 yilda sotib yuboriladi. U hozirgacha "Deportivo" hamda "Rayo Valyekano" safida to‘p tepgan. Hozirda esa 38 yoshli qahramonimiz "AYEK Larnaka"da harakat qilmoqda.

Adreas Inyesta

Siz uni kim ekanini juda yaxshi bilasiz. Ha, Inyesta hozir ham futbol o‘ynamoqda va bu aql-bovar qilmas voqea. U 2018 yilda "Vissel Kobe"ga yo‘l olgandi. Mana, oradan 4 yil o‘tgan bo‘lsada, Inyesta hali ham maydonda.

Martin Kaseres

Umuman olganda, "Barselona" Kaseresni nega sotib olganiga hozir ham tushunib bo‘lmaydi. Balki, o‘shanda rahbariyatga uning soch turmagi yoqqandir. Nima bo‘lganda ham Kaseres Gvardiola jamoasida 23 marta maydonga tushgan. Keyinchalik u "Levante"ga sotib yuboriladi. Ayni damda esa Kaseres "LA Gelaksi"da harakat qilmoqda.

Viktor Vaskes

Vaskes 2011 yilda "Barselona"dan ketadi. Shundan keyin, "Bryugge"da ancha vaqt o‘ynadi. Undan tashqari yarim himoyachi Meksika, Kanada, Qatar kabi davlatlarda faoliyat yuritdi. Hozirda u yana Belgiya chempionatida.

Dani Alvesh

Inyesta kabi Alveshni ham hali hamon maydonda ekani haqida futbol muxlislari yaxshi bilishadi. U butun dunyoni lol qoldirib, 2021 yilda yana "Barselona"ga qaytib kelgandi. Alvesh 2001 yilda o‘z professional faoliyatini boshlagan. Shundan beri himoyachi 47 ta sovrin yutishga erishgan.

Nolito

Siz Nolito haqida unutgan bo‘lishingiz mumkindir. Ammo u 2010-11 yilgi mavsumda "Barselona" safida 5 ta bahsda maydonga tushgandi. Keyinchalik yarim himoyachi "Benfika", "Granada" hamda "Sevilya" safida to‘p tepdi. "Manchester Siti"dagi davr esa uning eng yorqin payti edi. Hozirda Nolito Segunda jamoasi sanalmish "Ibisa" safida harakat qiladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 16:34, 21.09.2022.
O'qildi: 5249 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.