«PSJ»da bu mavsum Mbappe "diktatorligi" vujudga kela boshladi. Kilian Mbappe o‘zini Parij qiroli deb tasavvur qilib, boshqa klub yulduzlari - Leo Messi va Neymar bilan yaxshi aloqalarda emas. 23 yoshli fransiyalik futbolchi hujumlarni buzib qo‘yishi, vaqti-vaqti bilan maydonda jamoadoshlarini mensimasligi va o‘zi gol urishni istashi sezilib qolyapti.
Jumladan, «Yuventus» bilan o‘yindagi tanaffusda Mbappe himoyachi Ashraf Hakimiyni yomon uzatma uchun tanbeh berdi. Hakimiyning darajasiga esa shubha yo‘q. Mbappe undan uzr so‘ragani haqida ham gaplar chiqdi, lekin u Mbappening kibri tufayli odatdagidek ko‘rinish olmadi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida Kilian Neymar bilan mojaro borligi haqidagi ma’lumotni rad etdi: «Men u haqida olti yildan beri gapiryapman, har doim hurmatli munosabatda bo‘lganmiz. Lekin biroz sovuqroq gaplashgan paytlarimiz ham bo‘ldi. Va ba’zida biz eng yaxshi do‘stlarmiz." Ammo Yevropada ular «PSJ» bosh murabbiyi Kristof Galtyening shaxsan o‘zi Mbappe va Neymardan omma oldida bir-biriga nisbatan norozilik bildirmaslikni so‘raganini yozishmoqda.
Endi klubda deyarli to‘liq hokimiyatni qo‘lga kiritgan 23 yoshli futbolchi Fransiya futbol federasiyasi bilan ziddiyatga tushib qoldi. Get Franct Football news xabariga ko‘ra, Kilian terma jamoaning 20 sentyabr, seshanba kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan fotosessiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Buning sababi tasvir huquqlari bo‘yicha kelishmovchilikda.
Mart oyida RMS Sport Mbappe fransiyalik futbolchilar uchun majburiy homiylik tadbirlarida qatnashmagani haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng futbolchining oilasi, uning advokati va Federasiya o‘rtasida muzokaralar olib borilgan va natijasi oshkor etilmagan.
Manbaning yozishicha, Kilian fransuz futbolchilarining imij huquqidan foydalanish qoidalarini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan. 2010 yilda imzolangan shartnoma hozirda qo‘llanilmoqda. Janubiy Afrikadagi jahon chempionatidan so‘ng Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Noel Le Gre futbolchilar xalqaro musobaqalardan tashqari bonuslar olmasligini va imidj huquqi har bir yig‘inda 23 nafar futbolchi o‘rtasida teng taqsimlanishini istadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi futbolchisi endi 20-25 ming yevro oladi.
Mbappe o‘z ismining futbolchi bilan shartnomasi bo‘lmagan kompaniyalarni reklama qilishda qo‘llanilishini istamaydi. Endi fransuz jamoasining asosiy homiylari Uber Eats, KFC va Coca-Cola hisoblanadi. Ammo Kilian fransiyalik futbolchilar o‘z nomlari bog‘langan brendlarga egalik qilish huquqini talab qilmoqda va u o‘zi bilan shartnomasi yo‘q kompaniyalar reklamasida ishtirok etmasligini aytmoqda.
Dushanba kuni kechqurun Fransiya futbol federasiyasi futbolchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishini e’lon qildi.
«Fransiya futbol federasiyasi rahbarlari, uning prezidenti, bosh murabbiyi va marketing menejeri o‘rtasidagi yakuniy fikr almashishdan so‘ng, FFF imkon qadar tezroq futbolchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish majburiyatini oladi. FFF futbolchilar tomonidan bir ovozdan bildirilgan fikrlarini inobatga olgan holda, o‘z manfaatlariga xizmat qilish imkonini beruvchi yangi kelishuv ustida ish boshlashni intiqlik bilan kutmoqda», - deyiladi tashkilot bayonotida.
Seshanba kuni L'Equipe nashri Kilian jamoadoshlari bilan birga fotosessiyada ishtirok etgani va undan talab qilinadigan hamma narsani qilgani haqida xabar berdi. Ammo homiylar Mbappening xatti-harakatidan norozi. KFC Fransiya filiali vise-prezidenti va Fransiya Milliy Basketbol Ligasi prezidenti Alen Beral shunday dedi: “Kilian o‘smirlik davridagi futbolchiga o‘xshaydi, u injiq. Bu Federasiya va Mbappening muammosi. Bizniki emas. Biz aniq bir narsa uchun pul to‘laymiz. Agar kerak bo‘lsa, o‘z huquqlarimizni himoya qilamiz”.
Aftidan, Mbappe kibrga berilib ketgan - u allaqachon nafaqat «PSJ» rahbarlariga, balki Fransiya futbol federasiyasiga ham bosim o‘tkazmoqda. Bu yaxshi narsaga olib kelmaydi degan fikrlar bor.