Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

5 haftada 11 ta o‘yin: "Real"ni JCH oldidan jiddiy taqvim kutmoqda

5 haftada 11 ta o‘yin: "Real"ni JCH oldidan jiddiy taqvim kutmoqda

Baho:
+ | -

Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati bu mavsum klublar, ayniqsa, Chempionlar ligasi ishtirokchilari uchun noodatiy bo‘ladi. YECHL guruh bosqichi sentyabr oyining birinchi haftasida boshlandi va deyarli ikki oy davom etadi, Madridning “Real” klubi 2 noyabr kuni "Bernabeu"da “Seltik”ga qarshi bahs bilan uni yakunlaydi.

Oktyabr oyidagi La Liga yetakchilarining taqvimi juda tig‘iz bo‘ladi, Karlo Anchelotti jamoasini 27 kun ichida 9 ta o‘yin kutmoqda. 2 oktyabr kuni “qaymoqranglilar” “Osasuna”ga qarshi o‘yinda chempionatga qaytadi, keyin Madridda Chempionlar ligasida “Shaxtyor” bilan (5 oktyabr), La Ligada “Xetafe” bilan safarda (8 oktyabr) va yana “Shaxtyor” bilan mehmonda o‘ynaydi (11 oktyabr).

Juda tig‘iz davrdan so‘ng madridliklar mavsumning ilk klassikosiga 4-5 kunlik qisqa tanaffus oladi - o‘yin 16 oktyabrda "Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi. Bu “qaymoqranglilar” uchun "Barselona"ga qarshi avvalgi ikki mag‘lubiyat (0:1, 0:4) alamini olish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Klassikodan so‘ng deyarli darhol Karlo Anchelotti shogirdlari "Elche" mehmoni bo‘lishadi (19 oktyabr) va so‘ng "Sevilya"ni qabul qilishadi (23 oktyabr) - bu madridliklar uchun sobiq bosh murabbiy Xulen Lopetegiga qarshi yana bir muhim o‘yin. "Leypsig"ga safar 25 oktyabrda bo‘lib o‘tadi, "Jirona" esa "Bernabeu"ga 30 oktyabrda tashrif buyuradi.

Mashg‘ulotlardan so‘ng, "Real Madrid" futbolchilari uchun Qatarga safar oldidan yana uchta o‘yin bor: "Seltik"ga qarshi o‘z maydonida (2 noyabr), safarda "Rayo Valyekano"ga (6 noyabr) va "Kadis"ga qarshi o‘z uyida (9 noyabr). Jahon chempionati oldidan 5 hafta ichida jami 11 ta o‘yin Madrid klubi uchun La Liga va Chempionlar ligasidagi yuqori o‘rinlarini saqlab qolish juda muhim bo‘ladi, chunki o‘yinchilar Qatardagi mundialdan so‘ng qanday holatda safga qaytishini hech kim bilmaydi.

Manba: Sports.ru
Kiritildi: 21:05, 24.09.2022.
O'qildi: 7802 marta.
Fikrlar: 31 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик