Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mbappe o‘zining haqiqiy yuzini ko‘rsatdi

Mbappe o‘zining haqiqiy yuzini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

Kilian Mbappe nafaqat "PSJ"da, balki Fransiya terma jamoasida ham mojarolarni keltirib chiqarmoqda. Hujumchi seshanba kuni Avstriya bilan Millatlar ligasi o‘yini oldidan terma jamoaning fotosessiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi. Mojaro terma jamoa futbolchilarining imij huquqidan foydalanish masalasidagi kelishmovchiliklar bilan bog‘liq. Mbappening Fransiya futbol federasiyasiga da’volari haqida shu yilning mart oyida xabar berilgan edi. O‘shandan beri tomonlar bu masalada kelishuvga erisha olmayapti.

Kilian uning ismi shartnomalari bo‘lmagan homiylarni reklama qilish uchun ishlatilishiga rozi emas. Terma jamoa bilan hamkorlik qiladigan ayrim brendlar unga yoqmaydi. Masalan, jamoaning hamkorlari orasida Coca-Cola, Uber Eats va KFC bor. Mbappe sog‘lom turmush tarzi bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan reklama kompaniyalarining loyihalarida qatnashishga qarshi.

Fransiya futbol federasiyasi Mbappe foydasiga qaror qildi

Fransiya terma jamoasi Mbappening noroziligidan ko‘p o‘tmay, futbolchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqishlarini e’lon qildi.

“Fransiya futbol federasiyasi rahbarlari, uning prezidenti, bosh murabbiyi va marketing bo‘yicha menejeri o‘rtasidagi yakuniy fikr almashishdan so‘ng, biz imkon qadar tezroq futbolchilarning imidj huquqlari bo‘yicha kelishuvni qayta ko‘rib chiqish tarafdorimiz. Federasiya futbolchilar tomonidan bir ovozdan bildirilgan haqli xavotir va e’tiqodlarni inobatga olgan holda, o‘z manfaatlarini ta’minlaydigan yangi shartnoma yaratish bo‘yicha ishni boshlashni intiqlik bilan kutmoqda”, - deyiladi tashkilot rasmiy bayonotida.

Xabarda Kilian Mbappening nomi tilga olinmagan, biroq federasiya pozitsiyasining o‘zgarishiga u sabab bo‘lgani aniq. Boshqaruv kengashi bir kishining injiqliklariga moslashishga qaror qildi.

Mbappe – Fransiya terma jamoasining asosiy yulduzi, mavsumiga 125 million dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi (105 million dollar – “PSJ”dagi maoshi, 20 million dollar – reklama daromadlari). U alohida muomalaga loyiqmi? Bahsli savol, ammo federasiya uning yo‘l-yo‘riqlariga amal qilishga qaror qildi.

Oxir-oqibat, Kilian Fransiya jamoasi uchun fotosessiyada ishtirok etdi. Qolgan sheriklar bilan birgalikda u o‘zidan talab qilinadigan hamma narsani qildi.

Homiylar Mbappening xatti-harakatlariga shunchaki qarab turmadi

Federasiya Mbappe bilan kelishmovchilikni futbolchiga berilgan imtiyozlar evaziga hal qildi. Bu terma jamoaning barcha homiylari nima bo‘layotganini jimgina kuzatishga tayyor edi, degani emas. KFC Fransiya filiali vise-prezidenti va Fransiya Milliy Basketbol Ligasi prezidenti Alen Beral Kilian haqida ancha keskin bayonot berdi:

“Mbappe hozir o‘tish davrini boshdan kechiryapti. Bu futbol federasiyasi va Kilian Mbappening muammosi. Bizniki emas. Imzolangan shartnomalar shartlariga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi futbolchilari barcha reklama tadbirlarida ishtirok etishlari shart. Biz aniq bir narsa uchun pul to‘ladik. Agar kerak bo‘lsa, o‘z huquqimizni himoya qilamiz. Futbolchilar shartnomalarni bajarishni istamasa, xususiy kompaniyalar tomonidan federasiyalar va ligalarni moliyalashtirish tugashini kutyapmiz, deb qo‘rqaman”, - dedi Beral.

Tashkilotning Fransiya terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. Aftidan, kompaniya janjallarga aralashmasdan, kelishuvni xotirjam yakunlamoqchi. Shu bois KFC Beralning so‘zlari uchun uzr so‘radi va barchasini funksionerning shaxsiy fikriga bog‘ladi.

“Bu shaxsiy fikr va hech qanday holatda kompaniya pozitsiyasini aks ettirmaydi. Kecha aytilgan va bugun ertalab ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan so‘zlardan afsusdamiz. KFC France shuningdek, Alen Beral kompaniya nomidan emas, balki Milliy Basketbol Ligasi prezidenti sifatidagi vazifalari bilan bog‘liq tadbirda shaxsiy suhbat doirasida gapirganiga aniqlik kiritmoqchi. KFC va Fransiya futbol federasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik har doim kompaniyamiz uchun faxr bo‘lib kelgan. KFC federasiyaning barcha hamkorlariga, shuningdek, o‘yinchilarga, jumladan Kilian Mbappega ham qoniqarli yechimlarni taklif qilish qobiliyatiga to‘liq ishonadi”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Mbappe Fransiya futbol federasiyasini va hatto KFC kabi yirik korporasiyani o‘z talablariga moslashtira oldi. Shu bilan birga, Kilian yana bir bor o‘zini xudbinlarcha namoyon qildi. Bu yaxshilikka olib kelmaydi.

Kiritildi: 19:26, 25.09.2022.
O'qildi: 27850 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.