Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Ana holos! "Real" yulduzi "Barselona" bilan 4 yillik shartnomani kelishib oldi

Ana holos! "Real" yulduzi "Barselona" bilan 4 yillik shartnomani kelishib oldi

Baho:
+1 | -1

Madridning "Real" klubi hujumchisi Marko Asensio katta ehtimol bilan joriy mavsum yakunida erkin agent maqomida jamoani tark etadi.

Ispaniyaning RAC1 nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli qanot vingeri "Barselona" rahbariyati bilan uchrashib, 4 yillik shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. Qayd etilganidek, u erkin agent maqomida tekinga "blaugrana" futbolchisiga aylanadi.

Asensio "qaymoqranglilar" safiga 2015 yilda "Malyorka"dan kelib qo‘shilgan edi. Transfer miqdori - 3,9 million yevro. Shundan so‘ng, u bir mavsum ijarada "Espanyol"da harakat qildi.

Transfermarkt portali ispan futbolchisini ayni vaqtda 35 millionga baholagan.

Kiritildi: 15:08, 26.09.2022.
O'qildi: 18230 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик