Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

“Arsenal”ning muvafaqqiyati ortida nimalar yotibdi

“Arsenal”ning muvafaqqiyati ortida nimalar yotibdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" Angliya Premyer-ligasida joriy mavsumni kuchli boshladi. APLning 10-turidan keyin “kanonirlar” “Manchester Siti”dan 1 ochko oldinda borib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Hozircha “kanonirlar” faqat bir marta – “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda (1:3) qoqilishgan. Shu bilan birga, “kanonirlar” derbida “Tottenxem” (3:1) va “Liverpul” (3:2)ni mag‘lub etishdi.

Yevropa ligasida ham Mikel Arteta shogirdlari yaxshi natijalarga erishmoqda. London klubi guruhdan chiqishni uddaladi. "Arsenal" g‘alabalar bo‘yicha APLda birinchi o‘rinda turibdi. "Kanonirlar"da allaqachon 8 ta g‘alaba bor.Umuman olganda esa londonliklar birinchi o‘ringa judayam munosib ko‘rinadi. Klubning Chempionlar ligasiga qaytish ehtimoli tobora kuchayib bormoqda. Keling, "Arsenal"ning asosiy muvaffaqiyat omillarini ko‘rib chiqaylik.

Himoyadagi o‘zaro tushunish

O‘tgan mavsumda "kanonirlar"ning asosiy markaziy himoyachilari Gabriel va Ben Uayt edi. Joriy mavsumda braziliyalikning sherigi Uilyam Saliba va bu juda yaxshi juftlik bo‘lib ko‘rinyapti. Fransiyalik futbolchi 2019 yilning iyul oyida "Sent-Etyen"dan 30 million yevro evaziga London klubiga o‘tgandi, ammo u endigina Arteta uchun o‘ynay boshladi.

“Arsenal” futbolchisi bo‘lgan Saliba "Sent-Etyen", "Nissa" va "Marsel"da ijara asosida o‘ynagan. Provansda o‘tkazgan yil ayniqsa futbolchi uchun foydali bo‘ldi. “Marsel”dagi o‘yinlari bilan Saliba nihoyat Artetani o‘z jamoasining muhim qismi bo‘lishga tayyor ekanligiga ishontirdi.

Natijada himoyachi Premyer-ligada 8 marta maydonga tushib, 2 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirdi. Saliba va Gabriel bir-birini yaxshi to‘ldiradi. Braziliyalik futbolchi jismoniy kuchliroq va bosh bilan zarba berishda yaxshiroq, fransuz esa to‘pga yaxshiroq egalik qiladi va zarbalarni to‘sib qo‘yishda mahoratliroq pozisiya tanlaydi.
Uayt o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasiga o‘tdi, Aleksandr Zinchenko esa chapda harakat qilyapti. Urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar farqiga ko‘ra, "Arsenal"da +13 natijasi bor. Top-klublardan faqat “Manchester Siti”da ko‘proq (+24).

Jaka o‘zini bosib oldi

So‘nggi bir necha mavsum Granit Jaka uchun eng yaxshisi bo‘lmadi. Shveysariyalik muxlislar bilan janjallashib, sardorlik bog‘ichidan ayrilgan va London klubini tark etishga yaqin qolgandi. Yarim himoyachi tez-tez maydonda xatoga yo‘l qo‘yardi va ko‘p qoidabuzarlik qildi, shuning uchun u muntazam ravishda kartochkalar oldi.

Joriy mavsumda muxlislar shveysariyalikni ancha takomillashgan versiyasini ko‘rishyapti. U allaqachon gol + pas (2 + 3) bo‘yicha 5 ochkoga ega. Bu butun boshli o‘tgan mavsumdagidan ko‘proq.

Sifatli vingerlar

"Kanonirlar"da ko‘proq gol urish va o‘yinlarda g‘alaba qozonishda yordam beradigan sifatli vingerlar bor. Gabriel Martinellining muvaffaqiyati "kanonirlar" uchun juda muhim va o‘z vaqtida bo‘ldi. Garchi uzoq vaqt davomida braziliyalik "Arsenal"da o‘zini yaxshi ko‘rsata olmagan bo‘lsa ham.

U o‘yin vaqti, kam golli davrlar va jiddiy jarohat bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Ammo futbolchi barcha qiyinchiliklarni boshdan kechirdi va endi, ehtimol, faoliyatidagi eng yaxshi mavsumni taqdim etmoqda. Bugungi kunga qadar u APLning 9 ta o‘yinida maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Martinelliga qarshi qanotda “kanonirlar”da Bukayo Saka bor. Bu yigitda ham o‘sish sezildi. U London klubida ikki marta mavsumning eng yaxshi futbolchisi va yana 1 marta Angliyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan. Va bularning barchasiga u 21 yoshda erishdi.

Shu kungacha uning hisobida 4 ta golli uzatma va 3 ta gol bor, shulardan 2 tasini “Liverpul” darvozasiga kiritgan. Saka bu mavsumda "kanonirlar"ning Premer-ligadagi eng yaxshi assistenti va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Premyer-ligada 3-o‘rinni egallab turibdi.

Jezusning qayta “tirilishi”

Markaz hujumchisi har qanday jamoaning hujumkor kuchning cho‘qqisi hisoblanadi. Jezus va “Arsenal” bir-birini topishdi. "Manchester Siti"da futbolchi qiyin kunlarni boshdan kechirgan. O‘tgan mavsumda "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaga markaziy hujumchi kerakligini ta’kidladi, garchi braziliyalik uning tarkibida edi. Natijada hujumchi London klubiga yo‘l oldi.

Premyer-liganing joriy mavsumida Jezus allaqachon 5 ta gol urdi va "kanonirlar"ning eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. Hozirgacha “Arsenal” APLda 23 ta gol urgan. Bu “Manchester Siti”dan keyingi ligadagi ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich (33). Umuman olganda, London klubi futbolchilari raqiblar darvozasi tomon 149 ta zarba yo‘llashdi. Bu yana Premyer-ligadagi "Manchester Siti"dan keyin ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkich (161).

"Arsenal"ning hozirgi holati menejer uchun raqobatbardosh jamoa tuzish uchun vaqt topish qanchalik muhimligini ko‘rsatib turibdi. Arteta birdaniga muvaffaqiyatga erisha olmadi, lekin u rahbariyatdan yordam so‘radi va endi ishonch uchun natijalar uchun minnatdorchilik bildiradi. Albatta, “kanonirlar”ni chempionlik uchun haqiqiy davogarlar deyishga hali erta, ammo bu jamoada katta maqsadlarga erishish uchun katta imkoniyatlar bor.

Kiritildi: 13:04, 14.10.2022.
O'qildi: 3962 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.