Kirish Ro'yxatdan o'tish

Unai Emeri APLga qaytishi mumkin

Unai Emeri APLga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi sobiq bosh murabbiyi, hozirda Ispaniyaning “Vilyarreal” bosh murabbiyi lavozimini egallab turgan Unai Emeri Tumanli Albionga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Ispaniyalik mutaxassisga bir kun avval Stiven Jerrardni iste’foga chiqarishga qaror qilgan Birmingemning "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda. Emeridan tashqari, Maurisio Pochettino ham “Aston Villa”ni boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.

O‘tgan o‘yinda “Aston Villa” Londonning “Fulxem” jamoasidan yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Premyer-liganing 12-turidan so‘ng birmingemliklar turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 15:58, 21.10.2022.
O'qildi: 1540 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик