Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Sherif" "MYU"ga qarshi o‘yindan oldin bosh murabbiysiz qoldi

"Sherif" "MYU"ga qarshi o‘yindan oldin bosh murabbiysiz qoldi

Baho:
+ | -

Moldovaning “Sherif” klubi matbuot xizmati Stepan Tomas jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.

46 yoshli mutaxassisning o‘zi jamoa Moldova chempionatida "Petrukub" jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan keyin shunday qarorga kelgan.

Stepan Tomas "Sherif" bilan to‘rt oy ishladi. Bu vaqt ichida jamoa 25 uchrashuv o‘tkazdi: 13 g‘alaba, 6 durang va 6 mag‘lubiyat.

"Sherif" navbatdagi o‘yinni 27 oktyabr, payshanba kuni o‘tkazadi. Moldova jamoasi Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-turida “Old Trafford”da “Manchester Yunayted”ga qarshi bahs olib boradi. Ayni paytda "Sherif" o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 17:00, 25.10.2022.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик