Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Xavining shogirdlari “uddalab bo‘lmas topshiriq”dan o‘ta olishadimi?

Xavining shogirdlari “uddalab bo‘lmas topshiriq”dan o‘ta olishadimi?

Baho:
+ | -

“Ko‘k-anorranglilar” Chempionlar ligasining bahorgi qismiga chiqish uchun hali ham minimal imkoniyatlarga ega va endi ko‘p narsa ularga emas, balki "Inter" - "Viktoriya Plzen" uchrashuvi natijasiga bog‘liq. Biroq, "Barsa"ning o‘ziga so‘nggi yillarda qo‘rquv uyg‘otayotgan raqib ustidan g‘alaba kerak.

"Barselona" va "Bavariya" uchrashuvini qachon va qayerda tomosha qilish mumkin?

Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turining asosiy uchrashuvi 26 oktyabr kuni Kataloniyaning “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00.00da boshlanadi. Uchrashuvni ingliz hakami Entoni Teylor boshqarib boradi.

“Agar biz uzoqqa borsak nima bo‘ladi? Bizda ozgina umid bor. Umid - yo‘qotadigan oxirgi narsa. Taqdiringiz o‘zingizga bog‘liq emasligi achinarli”, - dedi Xavi "Bavariya" bilan o‘yin oldidan.

Kataloniyaliklar uchun vaziyat haqiqatdan ham boshi berk ko‘chada, chunki Chempionlar ligasining qolgan to‘rtta o‘yinida “ko‘k-anorranglilar”ning o‘zlari va guruhdagi raqiblari ishtirokida ko‘p narsa birlashishi kerak. Avvalo, “Viktoriya Plzen” Milanda “Inter”ga yutqazmasligi kerak. Bu jamoalar o‘rtasidagi o‘yin Kataloniyada o‘yin boshlanishidan ikki soat oldin bo‘lib o‘tadi, shuning uchun "Barselona" futbolchilari kelajakdan nima kutish kerakligini aniq bilib oladi.

Agar chexlar Italiya vise-chempionidan ochko olishga muvaffaq bo‘lishsa, u holda kataloniyaliklar ajoyib kayfiyatda va yuqori motivasiya bilan maydonga kirishadi - ularga faqat uchta ochko kerak bo‘ladi. Lekin bu faqat qog‘ozdagi gaplardek eshitiladi, chunki amalda "Barsa" to‘rtta o‘yindan beri "Bavariya"ga qarshilik qila olmadi.

Ushbu Chempionlar ligasining birinchi uchrashuvida hatto Levandovski ham yordam bera olmadi, u nafaqat jarima maydonchasidagi sobiq sheriklaridan mohirlik bilan o‘tib ketishi, balki Xaviga hozirgi "Bavariya"ning zaif tomonlari haqida ham maslahat berishi kerak edi, lekin bularning hech biri ish bermadi. Agar “Inter” “Viktoriya”ni mag‘lub etsa, “Barsa” yana demotivasiya olishi mumkin, ammo ular tushkunlikka tushmasliklari kerak – har qanday holatda ham ular o‘zlarining eng yaxshi futbolini ko‘rsatishi va qora an’anani buzishi kerak.

"Barselona" hozirgi formasi, ularni imkon qadar g‘alabaga yaqinlashtiradi. So‘nggi beshta o‘yinda kataloniyaliklar uch marta g‘alaba qozonishdi, lekin asosiysi ularning hujumi kuchli. Mavsumdan boshidan beri kataloniyaliklar har 90 daqiqada o‘rtacha 2,4 ta gol urishyapti. To‘g‘ri, "Bavariya"ning statistikasi yanada kuchliroq ( har o‘yinda 3 ta gol), lekin bu unchalik muhim emas - axir myunxenliklar pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan va motivasiyasi ancha pasaygan bo‘lishi ehtimoli bor. Ammo mezbonlarning ko‘p gol urib, g‘alaba qozonish zarurati, avvalgi omadsizliklarni yuvib ketishi ham mumkindek, go‘yo.

Kiritildi: 13:00, 26.10.2022.
O'qildi: 6201 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.