Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Qatar josuslik uchun 537 mln. yevro sarflagan

Qatar josuslik uchun 537 mln. yevro sarflagan

Baho:
+ | -

Qatar FIFA rasmiylari ortidan josuslik qilish uchun 391 million yevrodan 537 million yevrogacha mablag‘ sarflagan.

SRF xabariga ko‘ra, bunday mablag‘ mamlakatni futbol bo‘yicha 2022 yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqidan mahrum etilishining oldini olishga qaratilgan «maxfiy operasiyalar»ga sarflangan. Ma’lum qilinishicha, operasiyada kamida 66 nafar agent ishtirok etgan. FIFA rasmiylarini kuzatishga Qatar hukumati doiralariga mansub odamlar, jumladan, mamlakat amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ham aloqador bo‘lgan. Manbaning qayd etishicha, FIFA jahon chempionatini boshqa davlatga ko‘chirishga qaror qilmasligi uchun Amerikaning Global Risk Advisors kompaniyasi yollangan bo‘lib, uning asosi AQSH Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq agenti Kevin Chalker boshchiligidagi sobiq razvedka xodimlaridan iborat.

2015 yilda Shveysariya prokuraturasi Rossiya va Qatarga mos ravishda 2018 yilgi va 2022 yilgi jahon chempionati mezbonligi berilishi yuzasidan tekshiruvni boshlagan va yakunda FIFA tashkilotidagi korrupsiya masalasida jinoiy ish ochgan edi. Shundan so‘ng, FIFA rahbariyatidagi bir qancha yuqori lavozimli amaldorlar hibsga olindi. The Guardian xabariga ko‘ra, Qatarda jahon chempionati arenalarini barpo etish chog‘ida 6,5 mingga yaqin muhojir halok bo‘lgan. Huquqni himoya qilish tashkilotlari bayonotiga ko‘ra, qurilishda ishchilarning huquqlari poymol etilgan, shuningdek, ularning mehnat sharoiti ham og‘ir bo‘lgan. Mana shunday muammolar zamirida Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatini boshqa davlatga ko‘chirish haqidagi ko‘plab chaqiriqlar yangragan edi. Qatar jahon chempioni mezbonligini korrupsiya orqali qo‘lga kiritgani, shuningdek, jahon chempionati arenalarini barpo etish chog‘ida ishchilarning huquqlari poymol etilgani haqidagi ayblovlarni inkor qilib kelmoqda.

Qatardagi jahon chempionati 2022 yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:00, 03.11.2022.
O'qildi: 2314 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.