Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Qozog‘iston futbol federasiyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Qozog‘iston futbol federasiyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bahs oldidan Qozog‘iston futbol federasiyasi prezidenti Adlet Barmenkulov O‘FAga tashrif buyurdi va O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashdi.

Dastlab Ravshan Ermatov mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. O‘z navbatida, Qozog‘iston futbol federasiyasi rahbari Adlet Barmenkulov yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini aytdi.

Uchrashuv davomida Ikki davlatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, futbol assosiasiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Qozog‘iston futbol federasiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki mamlakatlarning barcha yosh toifalardagi terma jamoalari hamda klublari ishtirokida xalqaro musobaqalar va o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha bandlar mavjud. Murabbiylar, hakamlar va yana qator yo‘nalishlar bo‘yicha futbol mutaxassislarini tayyorlash uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, bolalar futbolini rivojlantirishga ko‘maklashish nazarda tutilgan.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 14:05, 16.11.2022.
O'qildi: 1693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.