Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Srechko Katanes: «O‘zbekiston terma jamoasining har qanday o‘yinida stadionga muxlislar ko‘proq kelishi kerak»

Srechko Katanes: «O‘zbekiston terma jamoasining har qanday o‘yinida stadionga muxlislar ko‘proq kelishi kerak»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes Qozog‘istonga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:0) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugun biz taktik jihatdan juda yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozondik. Futbolchilar hozirgi holatidan kelib chiqib eng yaxshi o‘yinlarini namoyish etishga intilishdi. Ular ko‘rsatmalarimga yaxshi amal qilishdi.

— Kechagi matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi aqlli futbol namoyish etishini aytib o‘tgan edingiz. Bu gapni Qozog‘iston termasi haqida ham aytish mumkinmi?
— Uzr, men qozog‘istonlik futbolchilar haqida fikr bildira olmayman. Men asosan o‘z o‘yinchilarimni kuzatdim. Qozog‘iston ham 1-2ta yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldi, xususan, birinchi bo‘limda ular jarima zarbasini amalga oshirganda golli vaziyat yuzaga keldi.

Men Osiyoning ko‘pgina jamoalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etganman. Ularga qarshi markazda uch himoyachi bilan o‘ynasangiz, raqiblar qiynalib qolishadi, ularga fantaziya yetishmay qoladi va qiyinchiliklarga duch keldik. Ammo qozoq hujumchisi meni hayron qoldirdi. U to‘pni yaxshi nazorat qildi, o‘z jamoasining hujumlarini boshladi. Biz esa Qozog‘istonga bugun bo‘sh hududlar qoldirmadik. Raqib mudofaamizni yorib o‘tishda qiynalgan bo‘lsa-da, men Qozog‘istonni xavfli raqib deya olaman.

— Bugungi uchrashuvda ba’zi o‘yinchilarda erkinlikka ega bo‘lishdi, ular to‘p bilan yaxshi muomalada bo‘lishdi. Bu siz tomondan ularga berilgan ko‘rsatma edimi?
— Oldingi chiziqda hujumchilarga erkinlik beriladi, ular istagancha improvizasiya qilishi mumkin. Ammo himoyada barcha mas’uliyat bilan o‘ynashi kerak. Bizning himoyamiz Shomurodovdan boshlanadi va boshqa qanot hujumchilari ham himoyada o‘ynashi shart. Chunki raqib hujum qilayotganida son jihatdan ustunlikka ega bo‘lmasligi kerak.

— Bugungi bahsni Masharipov va Bozorov o‘tkazib yuborishdi. Asosiy tarkibni tanlashingizda bu holat ta’sir ko‘rsatdimi?
— Men ixtiyorimda bor futbolchilardan foydalanishga harakat qilaman. Bugun maydonga tushgan futbolchilarning o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Albatta, ular safga qaytsa, bizga katta yordam bo‘ladi. Ayniqsa, Jaloliddin biz uchun muhim o‘yinchi, u jamoamiz o‘yinini kuchaytiradi.

— Eldorga "Roma" masalasida qandaydir maslahat berdingizmi?
— Bu borada hech qanday tavsiya bermayman. Eldor — professional. Ha, hozir ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, unga oson emas. O‘ylaymanki, u ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan o‘ziga mos jamoa topadi. Uning gol urishi biz uchun muhim ahamiyatga ega. Agar u gol urib turmaganida, men allaqachon o‘z uyimda bo‘lishim mumkin edi.

— Maydonga ikki hujumchi — Shomurodov va Sergeevni bir vaqtda tushirish o‘yin uslubini sinab ko‘ramaysizmi?
— Bu sizning fikringiz, meni buni hurmat qilaman. Keyingi o‘yinda Rossiyaga qarshi maydonga chiqamiz. Bu boshqa daraja. O‘yinchilarni bir vaqtda maydonga tushirgan bilan hech narsa o‘zgarib qolmaydi. Ular birgalikda qanday o‘ynashni bilishlari kerak. Tarkibga yangi o‘yinchini qo‘shish oson jarayon emas. Buning uchun ko‘p mashg‘ulot kerak. Qozog‘istonga qarshi o‘yingacha esa bizda tayyorgarlik uchun yetarli vaqt bo‘lmadi. Shuning uchun chempionatda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushirdim. Yangi o‘yinchilarni boshqa pozisiyalarga qo‘yib, o‘yinimizni buzib qo‘yishni istamayman.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinida yanada ko‘proq muxlislar bo‘lishi kerak. Futbolchilar shunga loyiq. Terma jamoaning har qanday bahsida stadion muxlislar bilan to‘lishi kerak. O‘yinchilar uchun bu juda muhim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:54, 16.11.2022.
O'qildi: 5627 marta.
Fikrlar: 67 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.