Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Qatar hukumatining qarori FIFA'ga qimmatga tushadigan bo‘ldi

Qatar hukumatining qarori FIFA'ga qimmatga tushadigan bo‘ldi

Baho:
+1 | -

FIFA Jahon chempionati o‘tkazar ekan, unga ko‘plab yirik brendlar homiylik qiladi. Shulardan biri "Budweiser" kompaniyasidir. AQSH shirkati pivo ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kechagi kunga qadar Qatar-2022da spirtli ichimliklar, jumladan pivo ichishga ruxsat berilishi aytilgandi. Ammo so‘nggi kunlarda bu qaror o‘zgardi. Qatar hukumatining bosimi bilan FIFA joriy turnirda spirtli ichimliklar iste’molini taqiqlashga majbur bo‘ldi. Endilikda, butun dunyodan tashrif buyurgan muxlislar o‘zlarining sevimli ichimliklarisiz qoladigan bo‘ldi.

Qatarning so‘nggi damda qarorini o‘zgartirishi, FIFA uchun salbiy harakat bo‘ldi. Chunki Jahon chempionatlarining rasmiy hamkorlari ichida "Budweiser" ham bor. Agarda Qatarda pivo sotilmaydigan bo‘lsa, bu kompaniya katta zarar ko‘radi. Shu sabab Amerika brendi FIFA'dan 40 million funt kompensasiya undirishi mumkin. Avvaliga, o‘yinlar o‘tadigan barcha sakkiz stadion atrofida ichkilik mahsulotlari sotilishiga ruxsat etilgandi. Ammo kechagi voqealardan keyin bu narsa taqiqlandi. "Budweiser" esa FIFA'ga shikoyat qilib, kompensasiya talab qila boshladi.

Ayni damda "Budweiser" hamda FIFA ӯrtasida bitim mavjud va uning qiymati 65 million funtni tashkil etadi. Shuningdek, pivo ishlab chiqaruvchisi 2026 yilda o‘tadigan mundialning ham hamkorligini o‘z bo‘yniga olgan. Keyingi Jahon chempionatiga homiylik uchun FIFA 95 million funt oladi. 2026 yilgi turnir AQSH, Meksika va Kanadada o‘tadi. Unda qatnashadigan davlatlar soni ham ko‘paytiriladi. Tabiiyki, bu o‘yinlar soniga ham ta’sir etadi. Unda jami, hozirgidek 64 ta bahs emas, balki 104 ta o‘yin o‘tkaziladi. "Budweiser" esa ko‘proq va kattaroq masshtabda o‘z mahsulotlarini sotishi mumkin bo‘ladi. Ammo, agarda FIFA "Budweiser"ga kompensasiya to‘laydigan bo‘lsa, 2026 yilgi bitim qiymati 55 million funtgacha pasayishi mumkin.

"Budweiser" tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarim litri 12 funtdan sotilishi kerak edi. Ammo, endilikda bunday bo‘lmaydi. Hozirda Dohada faqatgina pivoning "Bud ZERO", ya’ni alkogolsiz versiyasi sotilishi mumkin va uning yarim litri narxi 7 funt-sterlingga tengdir. Eslatib o'tamiz, Jahon chempionatining ilk bahsi bugun, 20 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi. Unda mezbon Qatar hamda Ekvador terma jamoalari to'qnash keladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:58, 20.11.2022.
O'qildi: 16782 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик